“O‘zgidromet” 3—5-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari.
- “Sakson yilda takrorlangan sel 12 daqiqada qishloq taqdirini hal qildi, bir oilaning uch nafar vakili o‘limiga sababchi bo‘ldi”. Forishda kelgan sel va uning oqibatlari haqida
- “Qabriston qayta tiklandi, 29 bosh mol jasadi ko‘mildi, 1184 tonna chiqindi olib chiqildi”. Egizbuloqdagi tozalash ishlari haqida ma’lumot berildi
- Seldan zarar ko‘rgan egizbuloqliklar uchun 53 ta yangi uy-joy va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi








