Daryo

Jizzaxda yuz bergan sel oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etdi — FVV

Ularning 1 nafari erkak, 3 nafar ayol bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish94 282 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida sel oqimlari yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi. FVV hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Oqibatda ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.

Zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlar xodimlari voqea joyiga yetib borib, yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib bormoqda.

Yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish jarayonda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketish natijasida halok bo‘lganligi aniqlandi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” 21-aprelda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar