Daryo

Jizzaxda yuz bergan selda vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida yana bir kishining murdasi topilgan

1 daqiqa o‘qish42 872 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzaxning Forish tumanida 20-aprel kuni 4 kishi sel oqimlari oqizib ketishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat prokuraturasi sel oqibatidan yana bir kishi vafot etganini ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, sel oqibatida halok bo‘lganlardan tashqari, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo‘qolgan shaxs suvga cho‘kishi natijasida vafot etgani aniqlanib, uning murdasi topilgan.

Bundan tashqari, sel toshqinidan 6 kishi turli darajada tan jarohati olgan, 53 ta turar joy va ularning yordamchi xo‘jalik binolariga zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea sodir bo‘lgan hududda tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, toshqin oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqand va Jizzax viloyatlarida sel keltirgan oqibatlar ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar