Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 21-aprel kuni erkak o‘zini 9-qavatdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Qayd etilishicha, 21-aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bugun sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda voqea joyi atrofi belgilangan tartibda o‘rab olingan hamda Toshkent shahar prokuraturasi tergov xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

“Har bir shaxs qonunlarga rioya qilishi, tergovga qadar tekshiruv paytida ushbu jarayon to‘liq, xolis va qonuniy tartibda amalga oshirilishiga to‘sqinlik yoki xalaqit qilmasliklari lozim”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?