Daryo

Farg‘onada gaz ballon tashuvchi avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Yong‘in oqibatida “Hududgaz” korxonasi tuman filialining yollanma ishchisi kuyish tan jarohati olib, shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish40 842 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz ballon tashuvchi avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, hodisa Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi qishloqda sodir bo‘lgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2022-yilning 23-fevral kuni soat 18:00 da Uchko‘prik tumani Katta kenagas qishlog‘i Kanalbo‘yi ko‘chasida joylashgan “Kenagas zilol suv” xususiy korxonasi bazasida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: “Daryo”

Hodisa oqibatida binoning tom qismi hamda “Hududgaz” korxonasiga qarashli gaz ballon tashuvchi Isuzu avtomashinasi, shuningdek, ushbu transport vositasiga ortilgan 99 dona suyultirilgan gaz ballonining 10 tasi yongan.

Foto: “Daryo”

Yong‘in oqibatida “Hududgaz” korxonasi tuman filialining yollanma ishchisi I.X. kuyish tan jarohati olib, shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Yong‘indan omborxonaning 80 kvadrat metr qismi saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar