Daryo

Qarshi shahrida yonilg‘i tashuvchi “Benzovoz”da yong‘in chiqdi

Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish25 582 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi “Versal” to‘yxonasi yaqinida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar berildi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarga aniqlik kiritib, yonilg‘i tashuvchi avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

“Ushbu holat bo‘yicha bugun soat taxminan 15:12 da Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, voqea joyiga bitta bo‘linma soat 15:23 da yetib borib, yong‘inni 15:29 da to‘liq o‘chirgan”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov.

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, Qarshi shahridagi Star Oil avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hovlisida Qarshi tumani “Ko‘chkak” mahallasida yashovchi 26 yoshli haydovchi A.X. boshqaruvidagi qora rangli, davlat belgisi 70 Z 371 NA rusumli yonilg‘i tashuvchi “Benzavoz”ning motor qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar