Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.
2022-yilning 1-choragida katta banklar o‘rtasida “Kapital bank” birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda “Trast bank” qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda “Ipoteka bank” bo‘ldi.
Kichik banklar bo‘yicha birinchi o‘rinda “Davr bank”, ikkinchi o‘rinda “Ziraat bank” va uchinchi o‘rinda “Poytaxt bank” qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekistonning eng daromadli banklari ro‘yxati ma’lum qilingan edi.