Daryo

O‘zbekistonda xususiy va davlat shifoxonalari uchun kasalliklarni davolash bo‘yicha yagona tariflar joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda tariflarni tasdiqlash topshirig‘ini berdi

1 daqiqa o‘qish22 084 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 28-mart kungi sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda xususiy shifoxonalar faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

“Yaqinda order tizimi isloh qilindi, bu borada xususiy sektor ishtiroki uchun ham imkoniyat yaratildi. Lekin barcha talablar aniq belgilangani bilan o‘tgan 6 oy davomida birorta xususiy shifoxonaga bemorlar uchun yo‘llanma berilmagan. Respublika markazlarining ayrim filiallarida yuqori texnologik davolash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, boshqa hududdan bemor qabul qilinmayapti”, — deydi davlat rahbari.

Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda davlat va xususiy shifoxonalar uchun kasalliklarni davolash bo‘yicha yagona tariflarni tasdiqlash topshirilgan. Ochiq tanlov e’lon qilib, 15-mayga qadar yo‘llanma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan xususiy klinikalar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, 1-apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yo‘llanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar