Daryo

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam tizimidagi ayrim xodimlarning oylik ish haqiga 40 foiz ustama berilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev bir hafta muddatda ushbu masala bo‘yicha qaror loyihasini hukumatga kiritish vazifasini berdi

1 daqiqa o‘qish35 800 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda tez tibbiy yordam xizmatidagi muammolar ko‘rsatib o‘tildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda 24 ta olis hududda tez tibbiy yordam brigadalarini tuzish haqidagi topshiriq bo‘yicha mart oyida faqat Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 9 ta brigada tashkil etilgan. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning 15 ta olis hududida bu ishlar boshlanmagan. Davlat rahbari 10-aprelga qadar ushbu hududlarda tez tibbiy yordam brigadalarini tashkil etishni topshirgan.

Shuningdek, ochiq muloqotda tez tibbiy yordam tizimidagi anesteziolog, reanimatologlar oylik ish haqiga 40 foiz ustama berish haqida ko‘plab murojaatlar tushgan. Bir hafta muddatda ushbu masalani ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini hukumatga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

2022-yil investitsiya dasturi doirasida tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlariga budjetdan 1,2 trillion so‘m ajratilgan. Lekin bugungi kunga qadar 32 ta poliklinika va shifoxonalarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlanmagan. Barcha qurilish ishlarini 1-oktabrga qadar yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar