Daryo

“Barcha markazlar rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman”. Shavkat Mirziyoyev aprel tibbiyot muassasalari uchun sinov oyi bo‘lishini aytdi

Qayd etilishicha, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga keskin choralar ko‘riladi

1 daqiqa o‘qish53 962 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda prezident hududlardagi markazlarni tanqid qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

“Misol uchun, Urologiya va Onkologiya markazlari aprel oyida viloyatlarda bor-yo‘g‘i 5 tadan, Akusherlik va ginekologiya markazi esa 15 ta yuqori texnologik operatsiya o‘tkazishni reja qilgan. Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi xodimlari har oyda joyiga chiqib 50 tadan operatsiya o‘tkazgani bilan, aprelda hududga borganda atigi 3 nafar mutaxassisning malakasini oshirmoqchi. Barcha markazlar rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman”, — degan prezident. Qayd etilishicha, agar:
  • o‘zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o‘tkazmasa;
  • yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda joriy etmasa;
  • viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o‘rgatmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi. “Odamlar sarson bo‘lib, poytaxtga kelaveradi”.
Shu bois aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo‘lishi, masalaning mohiyatiga kirib, o‘z ish faoliyatini o‘zgartirmagan rahbarlarga qat’iy choralar ko‘rilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavzuga doir: “Bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tamiz”. Shavkat Mirziyoyev vazir, rahbar va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqishini aytdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar