Daryo

“Bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tamiz”. Shavkat Mirziyoyev vazir, rahbar va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqishini aytdi

Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarga doir videoselektor yig‘ilishi boshlandi

1 daqiqa o‘qish38 006 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning 28-mart kungi sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yig‘ilishda tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish topshirig‘i berilgan. Davlat rahbari alohida farmoyish imzolanib, 7 ta yo‘nalishdagi 50 ta tadbir va ularning har biri uchun mas’ullar belgilanganini ta’kidlagan.

“Xalqimizga aytgan hamma tashabbuslarimiz bo‘yicha qarorlar tez kunlarda qabul qilinadi. Lekin amaliy ijroni bir kun ham kechiktirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, bir oylik amaliy ish tizimiga o‘tamiz. Vazir, ixtisoslashgan markaz rahbarlari va hokimlar o‘zlarining oyma-oy rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi. Ushbu rahbarlarning aprel oyi uchun ish rejalari bilan tanishib chiqdim.

Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryo hamda Kardiologiya va Xirurgiya markazlari masalaning sal bo‘lsa ham ichiga kirgan. Lekin qolgan markazlarning ham, hududlarning ham ish rejasi ‘shablon’ ko‘rinishida. Birortasi tuman darajasida nima ish qilishini oldiga vazifa qilib qo‘ymagan”, — deydi prezident.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar