• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa

    Dushmanlari tomonidan zaharlangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Hindiston bulbuli — Lata Mangeshkarning zahmatli hayot yo‘li

    1929-yil 28-sentabrda hind kinosining afsonasi va bulbuli Lata Mangeshkar dunyoga keldi. Lata qiyinchilik va kurashga to‘la bolalikni boshdan kechirdi. U maktabga boradigan yillarda, 1942-yilda otasi Pandit Dinanatx Mangeshkar vafot etdi. Shundan so‘ng yosh qiz hind va maratxi filmlarida pul ishlashga majbur bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Otasi Dinanatx teatr truppasiga ega bo‘lib, taniqli klassik qo‘shiqchi edi. Taxminan besh yoshidan boshlab otasi unga qo‘shiq saboqlarini berdi. Lata oiladagi besh farzandning eng kattasi bo‘lib, otasidan ayrilganidan keyin singillari va ukasi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi: Mina, Asha, Ushu va Xridaynatx uchun xoh kichik rollar, xoh qo‘shiq kuylash bo‘lsin 13 yoshida ishlashni boshladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Dastlabki bosqichda rejissor Vinayak uning oilasiga katta yordam berdi va yetim bolalarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun Latani hind va maratxi tillarida 8 ta filmda suratga oldi. Ajablanarlisi shundaki, “Shahid” (1948) filmining prodyuseri S.Mukerji Lataning ovozi juda zaif ekanligidan shikoyat qilib, uni rad etdi. Shundan so‘ng bastakor G‘ulom Haydar Mangeshkarni qo‘shiqchi sifatida qabul qilishni istamagan prodyuserga: “Bir kun kelib bu zaif ovozli qizning oyog‘iga dunyo qulaydi!”, – degan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U haq bo‘lib chiqdi. Lata 20 yoshida ijro etgan Raj Kapurning “Yomg‘irli mavsum” filmi (1949) qo‘shiqlari muvaffaqiyat qozondi va u bir kechada yulduzga aylandi. Keyinchalik Lata Mangeshkar hamma narsaga erishdi, lekin uning hayotdagi yagona armoni maktabga bora olmagani edi!

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Asli Xema deb chaqiriladigan Lata va uning barcha singillari qo‘shiqchi, ukasi esa musiqachi bo‘ldi. Ulardan eng mashhurlari Lata va Asha edi. Qizig‘i shundaki, Lata o‘zining Bollivud hitlarining ko‘p qismini bastakorlar Lakshmikant va Pyarelal bilan birga kuylagan, ular 700 dan ortiq qo‘shiqlarni ijro etgan. Lataning karyerasi 70 yildan ortiq davom etdi va uning jozibali ovozi 36 ta mintaqaviy hind tillarida, shu jumladan, xorijiy tillarda ham yangradi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    1950-yilga kelib Lata Bollivud kino sanoatidagi musiqaning qiyofasini o‘zgartirdi. Uning baland ovozda kuylashi o‘sha davrdagi og‘ir ovozlarni chiqarib yubordi. Mangeshkarning mashhurlik hujumidan faqat Gita Datt va ma’lum darajada Shamshod Begum omon qoldi. Uning singlisi Asha Bxosle ham 1950-yillarning oxirida mashhur bo‘ldi va o‘shandan beri ikkala opa-singil 1990-yillargacha Hindiston musiqiy Olimpining malikalariga aylandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Dilip Kumarning uning talaffuzi haqidagi kichik izohi repetitor yollash orqali urdu tilini mukammallashtirishga imkon berdi. Keyinchalik uning tili mutlaqo nuqsonlardan xalos bo‘ldi. Lata kuylagan har bir tilda, xoh u bengal, xoh tamil bo‘lsin, tinglovchilar uning mukammal talaffuziga kafolat berardi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, u 1948-yildan 1987-yilgacha 30 000 dan ortiq qo‘shiq yozgan. 1962-yilda Lata Mangeshkar to‘satdan og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Shifokorning tekshiruvi natijasida unga sekin ta’sir qiluvchi zahar berilgani aniqlandi. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo allaqachon zarar yetkazilgan edi. Sog‘ayib ketganidan keyin ham Lata turolmadi va kuylamadi, bir necha hafta davomida yotoqda yotdi. Uning oshpazi kasalxonaga yotqizilganidan keyin sirli ravishda uyidan qochib ketgan va maoshini olish uchun qaytib kelmagan. Shundan so‘ng xonandaning salomatligi qattiq nazoratga olindi. O‘shandan beri Lataning uyida birinchi bo‘lib taomni tatib ko‘radigan, keyin esa ovqatlanishga ruxsat beradigan odam paydo bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Lata turli avlod qahramonlari uchun qo‘shiq kuyladi – Madxubaladan tortib Kajolgacha. Aktrisalar shartnomada ularning qo‘shiqlarini Lata ijro etishini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatishgan. Hind kinosiga qo‘shgan hissasi uchun Dadasaxeb Falke mukofoti sohibasi Lata Hindistonning eng oliy fuqarolik mukofoti – Bharat Ratnani ham oldi. Bundan tashqari, u Padma Bhushan (1969), Padma Vibhushan (1999), 3 ta Milliy kino mukofoti va 12 ta Bengal kinojurnalistlari uyushmasi mukofotlari sovrindori hisoblanadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    U, shuningdek, eng yaxshi ayol vokali uchun to‘rtta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. 1969-yilda u yangi iste’dodlarga yo‘l berish uchun Filmfare mukofotini rad etdi. Keyinchalik 1993-yilda Lata Filmfare Lifetime Achievement mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning hatto eng yaxshi bastakor uchun mukofoti ham bor. U haqiqatan ham Hindistonning eng qimmatbaho marvarididir!

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Bir paytlar Amitabh Bachchan aytganidek, u hind kinosi tarixida shon-shuhratning yomon tomonini ko‘rmagan yagona aktrisadir. Hind kinosining mashhur xonandasi, bastakor, aktrisa Lata Mangeshkar 2022-yilning 6-fevral kuni ertalab 92 yoshida vafot etdi.

    02.03.2022, 14:41   Izoh (0)   55349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afsonaga aylangan liverpullik oddiy yigitlar: XX asrning eng mashhur rok guruhi — Bitlz tarixi

    22.02.2022, 07:31

    “Mualliflik huquqini talab qilganimda men millioner bo‘lib ketardim”. Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng qo‘shiqqa yangi she’r yozdi (...

    21.01.2022, 21:44

    “Ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman”. Ijod va ilhom kunida o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan suhbat

    18.01.2022, 17:10

    Baby shark bolalar qo‘shig‘i YouTube’da 10 mlrd marta ko‘rilgan birinchi video bo‘ldi

    15.01.2022, 11:50

    Xonanda Adelning yangi albomi AQShda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi

    24.11.2021, 09:12

    Adelning konserti va Opra Uinfri bilan intervyusini “Oskar”dan ko‘proq — 9,9 million odam tomosha qildi

    17.11.2021, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.