• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 19 yil oldin sodir etilgan qotillik fosh etildi (video)

    Toshkentda bundan 19 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilingan.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Ta’kidlanishicha, jinoyat 2003-yil 10-yanvarda sodir etilgan. Uchtepa tumaniga qarashli ko‘p qavatli uylarning birida yolg‘iz o‘zi yashovchi 56 yoshli rus millatiga mansub ayolning murdasi tan jarohatlari bilan qonga belangan va boshiga sellofan paket kiygizib ketilgan holda topilgan.

    “Hodisa joyiga yetib kelgan tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan xonadon ko‘zdan kechirilganda, xonadonga kirish eshigi kaliti tashqi tomonda qoldirilgani, xonadonda gaz isi to‘planib qolgani hamda uyda mavjud gaz jo‘mraklari ochiq holda qoldirilgani aniqlangan”, — deydi Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Davron Egamberdiyev.

    O‘sha vaqtda olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida xonadon egasining qasddan o‘ldirilgani bo‘yicha hodisa joyidan spirtli ichimlik shishalari, sigareta qoldiqlari va ulardan olingan qo‘l-barmoq izlari hamda yuvinish xonasidan erkaklar uzugi topilgan. Ammo 19 yil davomida bu barmoq izlari kimga tegishli ekanligi noma’lum bo‘lib qolgan.

    “Ish hujjatlariga ko‘ra, jabrlanuvchi bir o‘zi istiqomat qilgani va uning huzuriga kelib ketuvchilar haqida ma’lumot bo‘lmagani tufayli jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksning 364-moddasi 1-bandi 1-qismiga asosan harakatdan to‘xtatilgan”, — deydi tergovchi.

    2021-yilning 9-noyabriga kelib, o‘sha vaqtda olingan uch barmoq izlari Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan aynan kimga tegishli ekani aniqlangan.

    Aniqlanishicha, 1998-yilda sobiq Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumanida davlat tashkilotlaridan birida mas’ul lavozimda ishlagan fuqaro mazkur idora binosida joylashgan boshqa tashkilot xodimasi, 1947-yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishib qolgan. U pul evaziga ayolning uyida fohisha ayollar bilan uchrashib yurgan va uyning egasi bilan ham jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

    “O‘tirib ozgina ichdik, u mendan qarzga 300 dollar so‘radi. Qizimning oldiga Rossiyaga ketaman, deb aytdi. Berolmayman, deb aytganimdan keyin ‘shantaj’ qilishni boshladi. Men oilangni bilaman, uyingni bilaman, deb baqirib ketdi. Men uni tinchlantirib, hozir 100 dollar topib berishim mumkin, deb aytdim, u ko‘nmadi. Eshikni yopib, hozir topib berasan, deb baqirishni boshladi. Qo‘limga nima ilinganini bilmayman, kayfim zo‘r edi, qolaversa, asabim buzildi, boshiga qattiq urdim”, — deydi jinoyatchi.

    Ma’lum qilinishicha, ushbu zarba oqibatida ayolning vafot etmaganini bilgach, ayblanuvchi sellofan paket bilan uning bosh qismini yopib, qo‘llari bilan yuzi va boshiga ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng o‘zi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatni yopish maqsadida xonadonda mavjud gaz jo‘mraklarini ochiq qoldirib, voqea joyidan yashiringan.

    Dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat-protsessual kodeksi 388-moddasi tartibida sudga yuborilgan.

    Mavzuga doir: 

    • Buxoroda 32 yil oldingi qotillik fosh etildi. Biroq jinoyatchi jazoga tortilmagan
    • Toshkent viloyati IIBB: “Voqea joyi” ko‘rsatuvidagi voqealar bundan 33 yil avval sodir bo‘lgan
    • Toshkentdagi “Chorsu” bozorida 8 yil avval yo‘qolib qolgan 17 yashar qiz o‘gay otasi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi

    22.02.2022, 14:21   Izoh (0)   51802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi ma’lum qilindi

    22.02.2022, 14:06

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: betakror Nanay manzaralari

    22.02.2022, 13:33

    Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

    22.02.2022, 13:17

    Qarshi aeroportida reysi jadvalda bo‘lmagan 150 nafar yo‘lovchi to‘plandi

    22.02.2022, 12:37

    O‘zbekistonda 23-fevral kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    22.02.2022, 12:32

    O‘zbekiston tomoni qoidaga xilof ravishda Toshkent shahri ustidan uchib o‘tgan Misr samolyoti ekipajiga chora ko‘rishni so‘rab xat yuborgan

    22.02.2022, 12:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.