Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent metropolitenida 23-fevraldan boshlab ilk marotaba ona va bola xonasi hamda hojatxonadan foydalanish boshlanadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati rahbari Mirakbar Tolipov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashabbus prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

“Ushbu xona zamon talablariga mos ravishda barpo etilgan bo‘lib, qator qulay uskunalar bilan jihozlangan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da Toshkent metropolitenida sodir bo‘layotgan nosozliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, qulaylik va kamchiliklar to‘g‘risidagi “Kassalarda navbat, tibbiy yordam ololmaysan, bekatlarni nomi emas, o‘rindiqlariga qarab ajratasan. Toshkent metrosiga nimalar yetishmayapti?” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Toshkent metropoliteni maqolaga munosabat bildirgan. Unda “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilayotgani, agarda bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda