• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mahkumlar ozodlikka chiqquncha biror hunarli bo‘lishini istaymiz”. Tovoqsoydagi koloniya korxonasidan reportaj

    O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning qanday mehnat turi bilan shug‘ullanishi, kunlik yeb-ichishi, kiyim-kechaklari uchun mablag‘ni qayerdan olishi ko‘pchilikka qiziq. Ayrimlar “Mahkumlar faqat og‘ir ishlarga jalb qilinadi, yeb-ichishining ham tayini yo‘q” degan gumonini ham yashirmaydi. “Daryo” muxbiri shu kabi qator savollarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent viloyatining Tovoqsoy qo‘rg‘onida joylashgan 7-son jazoni ijro etish koloniyasining ishlab chiqarish korxonasidan reportaj tayyorladi.

    550 nafar mahkum ish bilan band

    Koloniyaning ishlab chiqarish korxonasi direktori Murodjon Tojiyevning ma’lum qilishicha, mazkur muassasada jami 900 nafardan ziyod mahkum bor. Ulardan 550 nafari ish bilan ta’minlangan.

    “Korxonada uch smenada ish tashkil etilgan bo‘lib, payvandlash, tikuvchilik, o‘ymakorlik, konvert tayyorlash, rotang stol va stullar to‘qish, poyabzal va yumshoq mebel mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o‘nlab sexlar mavjud. Har bir mahkum qiziqishi, mutaxassisligi va qo‘lidan nima ish kelishiga qarab, turli sexlarga joylashtiriladi. Ba’zilarga ustoz-shogird an’anasi bo‘yicha hunar sirlari ham o‘rgatiladi.

    Ishlab chiqarish korxonasi direktori Murodjon Tojiyev

    Ishlab chiqarish korxonasi direktori Murodjon Tojiyev
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvi Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Bo‘stonliq tumani hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yilda jami 9 milliard 230 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va barchasi xaridorlarga yetkazilgan. Shundan 732 million so‘mi sof foyda”, – deydi Tojiyev.

    “Davlat tomonidan uch mahal ovqat va ust-bosh kiyim beriladi”

    Konvert tayyorlash sexidagi ishchilar uchun kuniga o‘rtacha 100 dona konvert tayyorlash majburiyati yuklangan. Bir dona konvertga 25 so‘m haq to‘lanadi.

    Konvert tayyorlash sexi

    Konvert tayyorlash sexi
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Og‘ir mehnat qila olmaydigan, sog‘lig‘ida qandaydir muammosi bor mahkumlar mana shunday yengil ish bilan shug‘ullanadi. Ular sakkiz soatlik ish vaqti davomida o‘rtacha 100 dona konvert tayyorlashi shart.

    Ushbu konvertlar shartnoma asosida Ichki ishlar vazirligiga qarashli turli idoralarga yetkazib beriladi. Bo‘stonliq tumani hokimligi va boshqa tashkilotlar bilan ham shartnomamiz bor”, – deydi korxona direktori.

    Qayd etilishicha, 1-qavatdagi tikuvchilik sexida tikishni o‘rganishni endi boshlagan mahkumlar mehnat qiladi. Bu yerda uch smenada ish yo‘lga qo‘yilgan. Bir smenada 60 kishi ishlaydi. Ular askarlar uchun dastro‘molcha va boshqa turli mahsulotlar tikadi. 2-qavatdagi tikuvchilik sexida esa kiyim-kechaklar tayyorlanadi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Aslida, mahkumlar davlat tomonidan uch mahal issiq ovqat, ust-bosh kiyim va o‘zi uchun zarur bo‘lgan asosiy jihozlar bilan ta’minlanadi. Korxonada ishlab topgan daromadini boshqa shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatadi, ya’ni do‘kondan mahsulotlar sotib olishi mumkin. Ortib qolgan pulini esa uyiga yuboradi”, – deya qo‘shimcha qildi Murodjon Tojiyev.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Uning ta’kidlashicha, har bir fuqaro-mahkum ish kuni yakunida ishlab chiqargan mahsulotini sex boshlig‘iga maxsus daftarga imzo qo‘yib, keyin topshiradi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Sex boshlig‘i tayyor mahsulotlarni yuk xati orqali tayyor mahsulotlar omborxonasi rahbariga topshiradi. Bu nima uchun kerak? Mahkum oy yakunida ish haqi yoki boshqa holatdan norozi bo‘lsa, shu daftar orqali uning qay darajada haq yoki nohaqligi isbotlab beriladi. Qisqasi, qonun hujjatlari asosida maoshlarini o‘z vaqtida to‘lab berish yo‘lga qo‘yilgan.

    Mahkumlar rahbariyat tomonidan belgilangan kunlik rejani bajarmasa, ularga uch marotabagacha ogohlantirish beriladi va bu tartib ro‘yxat asosida yuritiladi. Agar ular shunda ham dars olmasa, jazo muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ularga xulosa beriladi: salbiy yoki ijobiy”, – deydi korxona direktori.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “2022-yil boshidan shunday tartib joriy qilindiki, mahkum o‘zi tayyorlagan mahsulotni oila a’zolariga sovg‘a tariqasida berishi mumkin. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi? Mahkumning o‘zidan ariza olinadi. Arizaga asosan, buxgalteriya bo‘limi orqali hisob raqamidan mahsulot narxi qancha bo‘lsa, o‘sha pul yechib olinadi va mahkumga kvitansiya beriladi. Mahkum kvitansiyani uyidagilarga topshiradi va ular hujjatni hisob-kitob bo‘limiga berib, tashqari omborxonadan mahsulotni olib ketadi” – deya izoh beradi mas’ul.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ish vaqtida mahkumlarning bir-biri bilan o‘zaro janjallashish holati ham kuzatiladimi, degan savolimizga bunday holatlar kuzatilishi, ammo doim ham emasligi aytildi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tushuntirish va tarbiyaviy daqiqalar o‘tkazilib, har bir sexda kunlik nazoratchi xodim faoliyat yuritishi ta’kidlandi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Jazo muddatini o‘tash uchun keltirilgan fuqaro-mahkumlar qilmishidan pushaymon bo‘lib, qayta jinoyat sodir etmasligini anglab yetib, ertaga jamiyatga foydasi tegadigan shaxsga aylanishini, biror hunar o‘rganib, ozodlikka chiqishini istaymiz. Buning uchun bu yerda ularga barcha sharoitlar yaratilgan” – deydi Tojiyev.

    Reportajning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov, jurnalist

    Ilhom Xursanaliyev, tasvirchi va montajchi

    27.01.2022, 15:20   Izoh (0)   84391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.