Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“PSJ” o‘z uyida “Reyms” bilan bahs olib bordi. 44-daqiqada Marko Veratti hisobni ochdi. 62-daqiqada Serxio Ramos parijliklarning ikkinchi golini urdi. 67-daqiqada mehmonlar futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob yurik ko‘rinish oldi. 75-daqiqada Danilu Pereyra yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Parijliklar ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 53 taga yetkazdi va musobaqa yetakchisi bo‘lib qolmoqda. “Reyms” 24 ochko bilan o‘n to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Liga 1

22-tur bahslari

23-yanvar, yakshanba

“PSJ” – “Reyms” 4:0

Gollar: 1:0 – 44 Verratti, 2:0 – 62 Ramos, 3:0 – 67 Fas (avtogol), 4:0 – 75 Danilu Pereyra.

“PSJ”: Navas, Kerer, Ramos, Markinyos, Mendesh, Danilu Pereyra, Verratti (Errera, 76), Paredes, Di Mariya (Messi, 63), Ikardi, Mbappe (Draksler, 77).

“Reyms”: Raykovich, Foke (Kassama, 46), Abdelhamid, Fas, Graviyon, Byusi, Loko, Matusiva (Lopi, 46; Flip, 81), Kayuste (Donis, 64), Mbuku (Adelin, 57), Ekitik.

Ogohlantirish: Lopi (56).

“Mets” – “Nitssa” 0:2

Goli: 0:1 – 58 Tyuram, 0:2 – 86 Guiri (penalti).

“Anjer” – “Trua” 2:1

Gollar: 0:1 – 11 Dominges, 1:1 – 26 Mangani (penalti), 2:1 – 37 Mangani (penalti).

“Bordo” – “Strasbur” 4:3

Gollar: 1:0 – 17 Xvan Iy Chjo, 2:0 – 21 Elis, 3:0 – 39 Xvan Iy Chjo, 3:1 – 43 Gameyro, 3:2 – 57 Gameyro, 4:2 – 90 Xvan Iy Chjo, 4:3 – 90 Uoris.

“Klermon” – “Renn” 2:1

Gollar: 0:1 – 19 Santamariya, 1:1 – 60 Da Kunya, 2:1 – 71 Tel.

“Nant” – “Loryan” 4:2

Gollar: 1:0 – 39 Jirotto, 2:0 – 53 Kolo-Muani, 2:1 – 56 Moffi, 3:1 – 69 Bukari, 3:2 – 85 Sumano, 4:2 – 86 Jebbel.

“Monpelye” – “Monako” 3:2

Gollar: 1:0 – 13 Vai, 2:0 – 32 Mavididi, 2:1 – 34 Ben-Yedder, 2:2 – 81 Vanderson, 3:2 – 90 Mavididi.