Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga bepul PZR-test tahlili o‘tkazadigan laboratoriyalarga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID-poliklinikalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ularda koronavirusga qarshi PZR-test sinamalari har kuni 24 soat davomida topshirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari, fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida ham shunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Quyida ushbu xizmatning Toshkentdagi 12 ta PZR-tahlili o‘tkazish laboratoriyasi manzillari haqida ma’lumot keltirilgan:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi (Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy);

  • Uchtepa tumani bo‘limi laboratoriyasi (Uchtepa tumani, Chilonzor 21);
  • Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasi (Sergeli tumani, Sergeli 3-14);
  • Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasi (Chilonzor tumani, Lutfiy-4-14);
  • Yunusobod tumani bo‘limi laboratoriyasi (Yunusobod tumani, Yunusobod 8-34);
  • Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi laboratoriyasi (Mirzo Ulug‘bek tumani, Qarmoq ko‘chasi, 1 A-uy);
  • Bektemir tumani bo‘limi laboratoriyasi (H.Boyqaro ko‘chasi, 48-uy);
  • Mirobod tumani bo‘limi laboratoriyasi (Sarako‘l ko‘chasi, 76-uy);
  • Shayxontohur tumani bo‘limi laboratoriyasi (Hadra massivi, 17 A-uy);
  • Yashnobod tumani bo‘limi laboratoriyasi (Mahtumquli ko‘chasi, 1-berk, 6-uy);
  • Yakkasaroy tumani bo‘limi laboratoriyasi (Bobur ko‘chasi, 2-berk A 22-uy);
  • Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi (Sergeli tumani, Sergeli 3-14).

Eslatib o‘tamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR-test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 17-yanvar kuni 935 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 207 057 nafarga yetdi. Kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qilmoqda.