Daryo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova 85 yoshida vafot etdi

Uning turmush o‘rtog‘i bilan hammualliflikda yozgan “Umr shomidagi baxt”, “Tortadirman jabrini”, “Omonat dunyo” nomli pyesalari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish71 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

17-yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Dilbar Mahmudova 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda kinojurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

Dilbar Mahmudova 1936-yil 8-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. 1959-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Respublika matbuotida uning 300 dan ortiq publitsistik maqolasi e’lon qilingan.

Dilbar Mahmudovaning ilk kitobi “Yarim asr yonma-yon” nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Hayotdan keyingi hayot”, “Mo‘yqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoshi”, “Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!” kitoblari nashr qilingan.

Turmush o‘rtog‘i Tilab Mahmud bilan hammualliflikda “Umr shomidagi baxt”, “Tortadirman jabrini”, “Omonat dunyo” nomli pyesalar yozgan. Mazkur asarlar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Rustam Obidov 72 yoshida vafot etgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar