Daryo

O‘zbekistonning faxriy jurnalisti Rustam Obidov 72 yoshida pansionatda vafot etdi

U 9 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qilayotgandi

1 daqiqa o‘qish114 664 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / Komil Allamjonov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Rustam Obidov 2-yanvar kuni 72 yoshida Qariyalar uyida vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Rustam Obidov 1950-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1973-yildan “Fan va turmush” jurnalida ish boshlagan. Ushbu jurnal Rustam Obidovni ilmiy jurnalist, mistika va sir-sinoat, parapsixologiya ilmining tadqiqotchisi sifatida O‘zbekistonga tanitgan. O‘zbekistonda sarguzasht asarlarning va fantast yozuvchilarning keng miqyosda tanilishi ham aynan “Fan va turmush” jurnali, aynan Rustam Obid hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jurnalistning o‘tgan asrda O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan “Olamga sayohat” ko‘rsatuvi ham tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Uzoq Sharq, Vladivostok shahri, Yapon, Barens dengizlari, Kola yarimoroli, Shimoliy Kavkaz, Stavropol o‘lkasi, Kabardin Bolqor, Qorachoy-Cherkes, Shimoliy muz okeani va boshqa hududlardan tayyorlangan ko‘rsatuvlarning har biri Rustam Obidni telejurnalist sifatida ham mashhur qilgan.

Rustam Obidov 2000-yilda “O‘zbekis­tonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bo‘lgan.

U 9 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qilayotgandi. “Xabar.uz”ning yozishicha, jurnalist oilasi bilan kelisholmay ajrashganidan so‘ng 20 yil ko‘chada, ijara uylarda yashashiga to‘g‘ri kelgan. So‘ng Qoraqamishdagi shu pansionatga joylashgan. 2020-yilning dekabrida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva uning holidan xabar olib, moliyaviy yordam ko‘rsatgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar