Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 9-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Inter” o‘z uyida Rimning “Latsio”sini qabul qildi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Alessandro Bastoni Milan klubining dastlabki golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar Chiro Immobilening kiritgan to‘pi evaziga hisobni tenglashtirdi.

67-daqiqada Milan Shkrinyar yana muvozanatni “neradzurrilar” tomoniga og‘dirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. Simone Inzagi shogirdlari ikkinchi o‘rindagi “Milan”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda va bundan tashqari bitta zaxiraga o‘yiniga ega. “Latsio” esa 32 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

A Seriya taqvimi, to‘purarlari ro‘yxati, onlayn jadvallarini bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

A Seriya

21-tur bahsi

9-yanvar, yakshanba

“Inter” – “Latsio” 2:1

Gollar: 1:0 – 30 Bastoni, 1:1 – 35 Immobile, 2:1 – 67 Shkrinyar.

“Inter”: Handanovich, Dumfris (Darmian, 77), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Dimarko, 82), Brozovich, Galyardini, Barella (Vidal, 82), Sanches (Korrea, 73), Martines (Jeko, 73).

“Latsio”: Strakosha, Hyusay (Lazari, 80), Radu, Luis Felipe, Marushich, Kataldi (Leyva, 68), Milinkovich-Savich, Bashich (Luis Alberto, 68), Pedro, Immobile, Felipe Anderson (Zakkanyi, 60).

Ogohlantirishlar: Luis Felipe (40), Bashich (54), Radu (71), Zakkanyi (71), Vidal (90).

“Jenoa” – “Spetsiya” 0:1

Gol: 0:1 – 14 Bastoni.

“Verona” – “Salernitana” 1:2

Gollar: 0:1 – 29, penalti Jurich, 1:1 – 63 Lazovich, 1:2 – 70 Kastanos.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda