Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova 4-yanvar kuni 95 yoshida vafot etgani xabar qilingandi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan marhumaning oila a’zolariga telefon orqali ta’ziya bildirib, hamdarlik maktubi yo‘llagan.

Qayd etilishicha, 4-yanvar kuni prezident matbuot xizmati Senat va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Musulmonlar idorasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qoraqalpog‘istonlik faollar bilan birgalikda Nukus shahridagi Kamalovlar xonadonida bo‘lgan. Unda marhumaning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirilib, prezident va O‘zbekiston xalqining hamdardlik so‘zlari yetkazilgan.

Foto: Prezident matbuot kotibi

Foto: Prezident matbuot kotibi

Shuningdek, Qur’on tilovat etilib, marhumaning haqiga duo qilingan.

Foto: Prezident matbuot kotibi

Foto: Prezident matbuot kotibi

Lyubov Kamalova 1927-yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash va ma’naviy qadriyatlarni tiklash ishlariga munosib hissa qo‘shgan.

Uning vafoti munosabati bilan Qoraqalpog‘iston rahbarlari va Xorazm viloyati hokimligi ham hamdardlik bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi