Daryo

Shavkat Mirziyoyev 5—6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Nur-Sultonda oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi

1 daqiqa o‘qish49 365 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Shavkat Mirziyoyev 2021-yil yakuniga qadar Qozog‘istonga borishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Prezident matbuot xizmati ushbu davlat tashrifning aniq sanasini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5—6-dekabr kunlari Qozog‘istonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadi va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladi.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan. Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham o‘tkaziladi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar