Daryo

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident 28-noyabr kuni Ashxobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida ishtirok etadi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish31 528 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va innovatsiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.

Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammiti 4-mart kuni videoanjuman shaklida o‘tkazilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar