Daryo

O‘zbekistonga oktabr oyida jami 1,5 mln dollarga 55 ta elektromobil import qilindi

Qayd etish kerakki, bu ko‘rsatkich 2021-yilning sentabr oyiga nisbatan 2 taga kam

1 daqiqa o‘qish42 511 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonga 2021-yilning oktabr oyida xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etish kerakki, bu ko‘rsatkich 2021-yilning sentabr oyiga nisbatan 2 taga kam. O‘zbekistonda oktabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,5 million dollar sarflangan.

Avvalroq Buxoroda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, loyiha qiymati 1 milliard 210 million dollarga teng, yiliga 30 ming dona elektromobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Mavzuga doir: Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqilishi”ni bildirgan edi. 2020-yilning noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning R&D markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach, 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston hukumatining 2020-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zavtosanoat”ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan edi. Qaror doirasida kompaniyaga 1-fevralga qadar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspert va konsalting kompaniyalarini jalb etish haqida topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda rasmiylar 2021-yil oxirigacha Toshkentdagi barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida bayonot bergan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar