Daryo

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlandi

Maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirilib beriladi

1 daqiqa o‘qish69 528 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat belgili raqam berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirilib beriladi.

Bundan tashqari, onlayn auksion savdo platformasida yutib olingan avtoraqamlar ham elektromobillar uchun alohida qaytadan ishlab chiqariladi.

Bundan avval Buxoroda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqaruvchi zavod yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani, O‘zbekistonga sentabr oyida jami 1,3 mln dollarga 57 ta elektromobil import qilingani hamda Farg‘onada dastlabki elektromobillar 2021-yil dekabr oyida test rejimida ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar