Daryo

“Boshqalardan yaxshiroq qilaman degandim”. Farg‘onada yo‘lda drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

Haydovchiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish51 384 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Farg‘ona viloyatida yo‘lning mashinalar harakatlanadigan qatnov qismida drift qilib, o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf solgan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Nexia haydovchisi yo‘lning qatnov qismida drift qilgani aks etgan videolavha tarqalgan. Farg‘ona viloyat YHXB xodimlarining qidiruv-surishtiruvlari natijasida transport vositasi topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

«O‘zi aslida bu bo‘lib o‘tgan voqeaning sababi — yoshlik, bekorchilik. Internetda boshqalar ham shunday qilgani sababli qiziqib, mening ham qo‘limdan keladi-yu, boshqalarga ko‘rsatay, qolganlardan yaxshiroq qilaman, degan maqsadda qo‘ygandim. Lekin bu juda yomon narsa ekan. Salbiy ta’sirlari ko‘p ekan. Chunki boshqalarning ham qilgisi keladi buni ko‘rib. Va kimdir eplolmay qolsa, odam urib yuborishi yoki o‘ziga ziyon yetishi mumkin ekan», — degan qoidabuzar haydovchi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar