Daryo

Samarqandda to‘y kortejidagi “Jiguli”lar drift qilib, keskin harakatlandi (video)

Guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish103 782 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta “Jiguli” transport vositalari guruh bo‘lib harakatlanib, o‘zi va boshqalar hayotiga xavf tug‘dirib, drift qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Kadr: Videodan skrin

Qayd etilishicha, ushbu holat sentabr oyida Samarqand viloyati Urgut tumani ichki yo‘lida sodir etilgan. Barcha haydovchilar Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqarolar tumanning “Chorchinor” mahallasidagi to‘y marosimida o‘ziga tegishli avtomashinalar bilan guruh bo‘lib harakatlangan va harakatlanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Yakunda haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar