Daryo

Samarqandda drift qilgan Lacetti va Nexia haydovchilariga chora ko‘rildi, mashinalar jarima maydoniga joylashtirildi (video)

Haydovchilar Registon maydoni oldida mashinani keskin boshqarib, drift qilgan

1 daqiqa o‘qish53 946 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida tungi vaqtda fuqarolar tinchini buzib, drift qilgan haydovchilar javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Registon maydoni oldida Lacetti-Gentra va Nexia avtomobillarini keskin boshqarib, drift qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Samarqand viloyati IIB, YHXB, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Natijada mazkur transport vositalari haydovchilari topilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani, noqonuniy poyga uyushtirgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilgani, Buxoroda TikTok uchun drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilib, “Jiguli”si jarima maydoniga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilib, Gentra’si jarima maydoniga joylashtirildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar