Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik aktrisa Ketrin Zeta-Jons yillar 52 yosh bo‘lishiga qaramay, yillar o‘tgan sayin yoshroq ko‘rinayotgani barchani birdek qiziqtirmoqda. Ketrin go‘zalligini saqlab qolishda uy sharoitida tayyorlangan kosmetikalarni afzal ko‘radi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa tish pastasi, gel va shampunlardan foydalanmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ketrin Zeta-Jons har doim qimmatbaho kosmetika vositalariga e’tibor bermasligini, chunki aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ular zararli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olishi va tashqi ko‘rinishga yomon ta’sir qilishini ma’lum qildi. Aktrisa ko‘p yillardan buyon shampun, niqob, skrab va dush uchun gel sotib olmaydi. Uning ta’kidlashicha, sotib olingan kosmetik mahsulotlaridan foydalangandan so‘ng teri tez quriydi, shuning uchun aktrisa faqat o‘zi tayyorlaydigan tabiiy vositalardan foydalanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ketrin quyuq asal va tuz aralashmasini terining eng yaxshi tozalash vositasi deb biladi. “Men quyuq aralashmani butun tanamga surtaman, keyin qurib ketguncha kutaman. Yuvish vaqtida aralashma barcha keraksiz narsalarni mukammal darajada tozalaydi, teri qavatlarini namlaydi va uzoq vaqt davomida yoqimli hid beradi. Ha, ba’zida men bir necha kun davomida asal hidi ufurib turadi, ammo natija bunga arziydi”, – deydi aktrisa.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Aytgancha, Zeta-Jons asalni nafaqat terini parvarish qilish uchun ishlatadi. Balki uni ko‘p yillardan beri pivo bilan aralashtirib, shampun sifatida ham foydalanadi. Shuning uchun ham aktrisaning sochlari uzun, qalin va porloq ko‘rinishda. Shuningdek, Ketrin go‘zal tabassumini ta’minlovchi qordek oq tishlarining parvarishiga ham alohida yondashadi. Qizig‘i, u tish pastasidan foydalanmaydi.

Aktrisa og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasini diqqat bilan kuzatib boradi, tez-tez tish shifokori ko‘rigidan o‘tadi va milkiga ham katta e’tibor beradi. Uning tish pastalarini ishlatishdan bosh tortishining sababi oddiy – mahsulot tarkibiga ishonmaydi. Misol uchun, har ovqatlanishdan keyin aktrisa olma tanovul qiladi. Uning sharbati oziq-ovqat zarralarini olib tashlaydi va tishlarni olma kislotasi bilan oqartiradi, bu esa tish yuzasida qoplama shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar olma bo‘lmasa, Ketrin uyda qulupnayni maydalaydi va uning pyuresi bilan tishlarini tozalaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy mahsulotlar nafaqat tishlarga oqlik beradi, balki milklarni ham mustahkamlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)