Daryo

O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)

Pulemyotni harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish77 836 ko‘rishlar0 izoh0

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Xususan, soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilib, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi va shu kunlarda zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

Qo‘mita taqdim etgan videoda ko‘rish mumkinki, pulemyotni harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar