O‘zbekiston Xitoy bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu masala Xitoy Markaziy harbiy kengashi Qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish bosh boshqarmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida muhokama qilingan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston—Xitoy tomoni mas’ul vakillari tomonidan Qurol, harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha mavjud va istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hamkorlik sohasini tizimli tartibda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilingan.









