• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ularning ham niyati — O‘zbekistonni rivojlantirish” — Shavkat Mirziyoyev saylovda unga raqiblik qilganlar haqida

    Markaziy saylov komissiyasi 2021-yil 25-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu munosabat bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Humo Arena majmuasida tadbir o‘tkazdi. Unda partiya faollari va partiyaga xayrixoh insonlar qatnashdi.

    Monitorlarda Markaziy saylov komissiyasining saylovning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani onlayn tarzda namoyish etildi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev saylovda qatnashganlar umumiy sonining 80,1 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongani e’lon qilindi.

    Tadbirda Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonch uchun O‘zbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi.

    “Shunday ulug‘ xalqning ishonchi men uchun katta baxt! Menga shuncha ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlagani uchun barcha partiyadoshlarimga, yoshlarga, aziz farzandlarimga, munis onalarim va nuroniy otalarimizga ta’zim qilib, rahmat aytaman. Bu ishonch menga kuch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, ichki dunyom bilan sezamanki, bu juda katta mas’uliyat va javobgarlik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab nishonlangan Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovidagi g‘alabasi — suratlarda

    Hozirgi tahlikali zamonda murakkab sinovlar ko‘p bo‘lgani, o‘zbek xalqi jipslashib, fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan ulkan natijalarga erishayotgani qayd etildi.

    “Oxirgi besh yilda qanday-qanday sinovlarni boshimizdan o‘tkazdik. Biz bu sinovlarda toblandik. Bir-birimizga mehrimiz oshdi. Jipslashdik. Xalqimiz birlashsa, nimalarga qodirligini butun dunyo yana bir marta ko‘rdi”, — dedi Prezident.

    Bu yilgi saylov ilk bor Saylov kodeksi asosida, demokratik ruhda, ochiq-oshkora o‘tgani ta’kidlandi.

    “Ko‘plab davlatlardan, katta xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar keldi. Ular xohlagan saylov uchastkasiga borib, yaratilgan sharoitlarni, odamlarimiz ertangi kunga befarq emasligini, saylovda faol qatnashganini, oilalari bilan kelib ovoz berganini ko‘rdi. Bu xalqimizning ruhiyati, kayfiyati, siyosiy madaniyatidan dalolat.

    Mavzuga doir: “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar istiqbolda o‘z mevasini berishi aniq” — YeXHT va Yevropa Parlamenti missiyasi

    Joylardagi uchrashuvlarda odamlar har bir soha bo‘yicha, o‘z shahri yoki tumani bo‘yicha dolzarb takliflarni bildiryapti. Tanqidlar ham bo‘lyapti. Bu ham hayotimiz o‘zgargani, demokratik islohotlar natijasi. Yana bir marta aytmoqchiman: orqaga yo‘l yo‘q. Endi O‘zbekiston faqat olg‘a boradi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari barcha xorijiy va mahalliy kuzatuvchilarga, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga, ommaviy axborot vositalari vakillariga rahmat aytdi.

    Prezident saylovida boshqa siyosiy partiyalardan ilgari surilgan nomzodlarga ham minnatdorlik bildirdi.

    “Ularning ham niyati — O‘zbekistonni rivojlantirish. Shuning uchun ularning dasturidagi xalqimizga ma’qul takliflarni, albatta, inobatga olamiz. Biz kecha raqobat qilgan bo‘lsak, endi bir musht bo‘lib, harakat qilishimiz kerak. Men xalqimizning yuksak ishonchini oqlash, orzu-umidlarini ushaltirish, farovon hayotini ta’minlash uchun bor kuch-g‘ayratim va salohiyatimni sarflashga va’da beraman. Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir:

    • Prezidentlikka nomzod bo‘lgan Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
    • “Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora” — MDH, ShHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida

    26.10.2021, 00:31   Izoh (0)   23161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qayta saylangan Mirziyoyev, Bag‘dod ko‘chalaridagi umidbaxsh suratlar, mo‘ylov va soqol chempionati. 25-oktabr suratlari

    25.10.2021, 23:54

    Eri bor erkak, ikki erli ayol, “tirik” marhumlar. O‘zbekistonliklar Yagona portaldagi FHDYo arxivida noaniqliklarni aniqladi

    25.10.2021, 23:13

    O‘zbekiston bo‘ylab nishonlangan Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovidagi g‘alabasi — suratlarda

    25.10.2021, 22:58

    Foto: Ichki ishlar organlaridan chiqqan amaldagi hokimlar

    25.10.2021, 22:28

    O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i bekor qilinadi

    25.10.2021, 21:27

    “U jadidlarning homiysi edi”. Germaniyada talabalarni o‘qitgani uchun josuslikda ayblanib otilgan jadid Saidnosir Mirjalilov taqdiri

    25.10.2021, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.