Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Navbahor”

“Navbahor” o‘z uyida “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida toshkentliklar Nurillo To‘xtasinovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 58-daqiqada Sardor Telyakov muvozanatni tiklagan bo‘lsa, Zabihillo O‘rinboyevning 60-daqiqadagi goli namanganliklarga g‘alaba keltirdi.

“Lokomotiv” va “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuvda ham gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasidayoq Temurxo‘ja Abduxoliqov “temiryo‘lchilar”ning birinchi golini urdi. Bunga mehmonlar 78-daqiqada Farhod Sohibjonovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

82-daqiqada Azizbek Omonov hisobni 2:1 ko‘rinishga keltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 4-daqiqasida Pavel Zabelin Andijon jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga muallif bo‘ldi.

22-turdan keyin Superliga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Superliga

22-tur bahslari

17-oktabr, yakshanba

“Navbahor” — “Bunyodkor” 2:1

Gollar: 0:1 – 49 To‘xtasinov, 1:1 – 58 Telyakov, 2:1 – 60 O‘rinboyev.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 8. Sardor Telyakov (28. Ilhomjon Alijonov, 87) 9.Ivan Solovyov (14. Guttiner Kosta 87), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (17. Ehsoni Panshanbe, 46), 19. Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 70.Abbos G‘ulomov ( 25. Shohruh Mahmudxojiyev,90+3), 88. Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (20. Ibrohim G‘anixonov, 81)

“Bunyodkor”: 91.Zafar Safoyev, 4.Davron Ergashev (37. Muhammadodil Qahramonov, 81) 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 10.Xurshid G‘iyosov ( 54. Umid Sultonov 81), 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Odiljon Abdurahmonov (8. Sanjar Rashidov, 88), 19.Nurillo To‘xtasinov, 22.Shahboz Erkinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Tomiva.

Ogohlantirishlar: Abdurahmonov (13), Ro‘ziyev (39), To‘xtasinov (51), Guttiner (90).

“Lokomotiv” — “Andijon” 2:2

Gollar: 1:0 – 46 Abduxoliqov, 1:1 – 78 Sohibjonov, 2:1 – 82 Omonov , 2:2 – 90+4 Zabelin.

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 3. Islom Qobilov (22.Samuel Ope, 46), 5. Kaxi Maxaradze, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14. Azizbek Omonov (45.Nurmuhammad Toshpo‘latov, 85), 17. Sanjar Qodirqulov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 27. Islom Rashidxonov (10.Marat Bikmayev, 71), 28. Shuhrat Muhammadiyev (19.Jasur Jaloliddinov, 46), 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyorjon Turopov.

“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 2. Sardor Hursandov, 3.Azamat Isroilov, 4. Usmonali Ismonaliyev, 5. Abduvohid G‘ulomov, 9. Pavel Zabelin, 14. Vasiliy Sovpel, 18.Abdug‘ani Kamolov (7. Sherzod G‘ulomjonov, 84), 26. Muhammadkarim Toirov (8. Baxtiyor Qosimov, 55), 49. Plamen Dimov, 70. Diyor Rahimqulov (17. Farhod Sohibjonov, 55).

Ogohlantirishlar: Qodirqulov (44), Jaloliddinov (62), Zabelin (90+4).