• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Cobalt’ni o‘rindiq isitish modulisiz taklif qilganini tanqid qildi. Kompaniya bunga javob qaytardi

    UzAuto Motors yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab Cobalt’ni xaridorlarga o‘rindiq isitish modulisiz, 1 million so‘mga arzonroq yetkazib berishni taklif qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev buni iste’molchilar huquqlarini buzish deb baholadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Rasul Kusherbayev o‘z tanqidida quyidagi bir qator savollarni o‘rtaga tashlagan:

    1. Kompaniya nega boshqa mamlakatlar avtomobil sanoatiga o‘xshab avval avtomobilni ishlab chiqarib keyin sotuvga chiqarmayapti? Nega yo‘q narsaga oldindan pul oladi?
    2. Kompaniyaning iste’molchiga ko‘rsatmagan xizmat yoki bermagan tovari uchun oldindan haq to‘lab ishlashi halol va qonuniymi?
    3. Kompaniya nuqsonli tovar bergani yoki iste’molchiga vaqtida tovarni bermagani uchun neustoyka(penya) ham to‘lashi kerak. Buning hisob-kitobi bormi?
    Deputat, shuningdek, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasida “Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko‘rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda ijrochi iste’molchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo‘lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo‘lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi”, degan norma borligini bildirib o‘tgan.

    UzAuto Motors deputatning tanqidiga javob qaytarib, kompaniyaning pozitsiyasi xaridorlarga tanlov huquqini berish — avtomobilni o‘rindiq isitgichi opsiyasiz 1 million so‘m kompensatsiya bilan qabul qilib olish yoki yetishmayotgan detalning yetkazilishini kutish ekanligini ma’lum qildi.

    Munosabatida to‘liq komplektatsiyali avtomobilni yetkazib berish muddati o‘z kuchida qolishi ta’kidlangan.

    “Yarimo‘tkazgichlarning tanqisligi, ishlab chiqarishning qisqarishi, navbatlar — butun dunyo avtomobilsozlik sanoati krizis davrni boshdan kechirmoqda. UzAuto Motors ham bundan mustasno emas. Yarimo‘tkazgich komponentining yetishmovchiligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yuzaga kelgan vaziyat fors-major bandiga to‘g‘ri keladi. Fors-major holatlar yuzaga kelganda jarimalar ko‘zda tutilmagan”, — deyiladi UzAuto Motors xabarida.

    Shuningdek, avtomobilni xarid qilish shartnomasida iste’molchi to‘lovni to‘liq qaytarish sharti bilan mahsulot xarididan voz kechishi, almashtirishi yoki komplektatsiya o‘zgargani uchun qayta hisob-kitob qilishi ko‘rsatilgan 2.4 band borligi qayd etilgan. “So‘nggi tanlov xaridorda qoladi. Iste’molchi huquqi hurmat qilinadi”, — deb ta’kidlangan xabarda.

    Bundan tashqari, kompaniya o‘rindiq isitgichi modulisiz beriladigan avtomobil nuqsonli (“brak”) deb atalmasligini bildirdi.

    “Qo‘shimcha opsiyaning yo‘qligi yaroqsiz hisoblanmaydi. Ushbu qonunda ‘brak’ (yaroqsiz) so‘zining o‘zi umuman yo‘q. Xalq saylagan deputat ‘brak’ (yaroqsiz) so‘zi bilan mahsulotdagi yetishmovchilikni nazarda tutgan ko‘rinadi. ‘Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’gi qonunning 19-moddasiga binoan, mahsulotdagi yetishmovchilik — bu mahsulotni to‘liq maqsadli ishlatilishidagi kamchilikdir. Ya’ni hurmatli deputat, o‘rindiq isitgichisiz avtomobildan foydalanib bo‘lmaydimi? Bundan ko‘rinib turibdiki, deputat ko‘rsatgan qonunini o‘zi o‘qimagan.

    Noto‘g‘ri talqin, o‘zboshimchalik bilan xulosa chiqarish, fuqarolarni chalg‘itish UzAuto Motors ekspertlarida xalq deputati o‘z mamlakatining qonunchiligini bilishiga jiddiy shubha uyg‘otdi. Shunday qilib, biror-bir deputat normativ hujjatlarni o‘zicha talqin qilib, ixtiyoriy ravishda yoki beixtiyoriy o‘z aholisini norozilikka chaqirishga qanchalik haqli?”, — deya yakunlangan UzAuto Motors munosabati.

    Kompaniya yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab ishlab chiqarish keskin tushib ketgani va oqibatda yetkazib berish muddati ham uzayganini may oylarida ma’lum qilgandi.

    UzAuto Motors’ning har bir avtomobilida 100—300 ta yarimo‘tkazgichlardan foydalanilgan ehtiyot qismlar mavjud. Ular spidometr, elektr kuchaytirgich, magnitola, shuningdek, navigatsiya va boshqa joylarda ishlatiladi.

    GM avtomobil zavodlari har hafta yarimo‘tkazgichlarni global miqyosda taqsimlaydi. Jarayon to‘rt bosqichga bo‘lingan — ishlab chiqarishdan taqsimlash shtabiga, u yerdan yetkazib beruvchi va avtomobil zavodiga. Masalan, Cobalt uchun modullar Meksikadan, Nexia, Lacetti, Spark uchun esa Janubiy Koreyadan olib kelinadi. Jami 67 ta komponent uchun 38 ta yetkazib beruvchi mavjud.

    17.10.2021, 19:20   Izoh (0)   92633
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

    17.10.2021, 17:24

    Namanganda eshak go‘shtini sotganlar ushlangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    17.10.2021, 15:39

    Toshkentdagi teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi

    17.10.2021, 15:18

    Samarqandda bolalarga ajratilgan 5 kg go‘shtni olib ketmoqchi bo‘lgan bog‘cha mansabdorlari yil boshidan buyon bir tonnadan ortiq go‘sht “yeb yuborgani” aniqlandi

    17.10.2021, 13:21

    Saylov — bu tanlov mas’uliyati demakdir

    17.10.2021, 11:11

    O‘zbekistonda 18-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    17.10.2021, 10:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.