Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 8-turida “Chelsi” 16-oktabr, shanba “Brentford” maydoniga safar qildi.

Foto: Getty Images

Brentfordda kechgan o‘yin taqdirini yagona gol hal qilib berdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Ben Chiluell kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar har qancha urinmasin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 19 taga yetgan “aristokratlar” yana peshqadamlikka qaytdi. “Brentford” esa 12 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan.

APL

8-tur bahsi

“Brentford” – “Chelsi” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Chiluell.

“Brentford” – Rayya, Yorgensen, Yansson, Pinnok, Genri, Kanos (Goddos, 72), Nergor, Yensen, Onyeka (Forss, 67), Touni, Mbemo.

“Chelsi” – Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 89), Kristensen, Chaloba, Sarr, Chiluell, Kovachich (Maunt, 65), Kante, Loftus-Chik, Lukaku (Haverts, 77), Verner.

Ogohlantirishlar: Kovachich (18), Kanos (32).