Disney+ kompaniyasi Home, sweet home alone nomi ostida taqdim etiladigan “Uyda yolg‘iz” filmi remeykining birinchi treylerini e’lon qildi. Rolik YouTube’dagi 20th Century Studios kanalida paydo bo‘lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

Xuddi original lentadagi kabi bosh qahramon Makoley Kalkinning ota-onasi uni Rojdestvo bayramida uyida unutib qoldiradi. Uning rolini “Jojo laqabli quyon” filmi bilan tanilgan 13 yoshli Archi Yeyts ijro etadi.

Sujetga ko‘ra, bolakay er-xotin jinoyatchilar o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan oilaviy yodgorlikni himoya qilishi kerak.

Remeykka Den Meyzer rejissorlik qilgan. Ssenariyni Saturday Night Live shousi mualliflari Miki Dey va Striter Seydell yozgan.

Ma’lumot uchun, Kris Kolambus va Jon Xyuzning “Uyda yolg‘iz” filmi birinchi bor 1990-yilda ekran yuzini ko‘rgan. U AQSh tarixidagi eng kassabop Rojdestvo filmiga aylangan va “Oskar” hamda “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida rejissor Kris Kolambus Insider’ga bergan intervyusi davomida hozirda Disney+ uchun qayta yaratilayotgan “Uyda yolg‘iz” komediyasining remeykini muhokama qilgandi. Rejissor yangi versiya nimaga kerakligini umuman tushunmasligini va bundan “baribir yaxshi narsa chiqmasligini” aytgan.