Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘tarma kran qulab tushdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Samarqand IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 2021-yilning 13-oktabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan.

Hodisa oqibatida kran haydovchisi 1991-yilda tug‘ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.