Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bojxona xodimlari tomonidan respublika hududiga havo yo‘llari orqali qalbaki valyutalarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Istanbul–Olmaota–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchining bagajida qalbaki 5 ming dollar borligi aniqlangan. Kupyuralarning aksariyatida seriya raqamlari ham bir xil bo‘lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, aeroport avtoturargohida va Yashnobod tumanida jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslar ham qo‘lga olingan. Ulardan birining Lacetti’si tekshirilganida yana soxta 5 ming dollar borligi aniqlandi.

Yunusobod tumanida esa qalbaki pullarning haqiqiy egasi uni olayotganida qo‘lga olindi. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan avval Toshkentda qalbaki valyutalar evaziga telefon xarid qilib, o‘nlab fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olingani, Sirdaryodagi bankda 81 ming yevro qalbaki valyuta aniqlangani hamda O‘zbekistonga qalbaki avtoraqamlar olib kirilayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi