Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1938-yilning 4-oktabr sanasini unutish qiyin. Shu kuni Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Xudoybergan Devonov, Rahim Inog‘omov, Usmon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Akbar Islomov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev kabi millat oydinlari otilgan.

Xalq farzandlarining xotirasini abadiylashtirish, merosini keng o‘rganish uchun bir qancha ishlar qilinmoqda. 2020-yilning 28-martida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan adib Abdulla Qodiriy xonadoni ham uy-muzeyga aylantirildi. “Daryo” yozuvchi yashab ijod qilgan, farzandlari ulg‘aygan Shayhontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasidagi xonadonda bo‘lib, qaysidir ma’noda, tarix bilan yuzlashib qaytdi.

Katta ko‘cha tarafdagi darvoza.

Katta ko‘cha tarafdagi darvoza.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Hovli dastlabki holatidan ancha o‘zgartirilgan. Baland-pastliklar tekislanib, hozirga ko‘rinishga keltirilgan. Chap qanotda Qodiriy o‘zi qurgan ayvon va xona, o‘ng tarafda 2019-yili hukumat qarori bilan qurilgan yangi xonalar joylashgan.

Yangi qurilgan xonalar, zallarga kiraverishdagi devorlarga yozuvchi asarlaridan iqtibos, hikmatli so‘zlar, dialoglar, parchalar bitilgan.

Hovli o‘rtasiga haykaltarosh Bahrom Norboyev yaratgan Abdulla Qodiriy haykali o‘rnatilgan.

Qodiriyning bir necha ijodkor kitoblarida tilga olingan mashhur ayvoni. Ilgari ayvonga uy ichidan chiqilgan. Vaqt o‘tib, ichkaridagi zinapoya olib tashlanib, tashqaridan yangisi tiklangan.

Ayvon pastidagi xona. Bu yerda Qodiriy ijodkorlar, shoir, yozuvchi va ma’rifatparvarlar bilan suhbatlar qurgan. Mehmonlarni kutib-kuzatgan.

Ayvon va xonaning umumiy manzarasi.

Ayvon va xonaning umumiy manzarasi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ichki hovlidagi ayollar va bolalar yashagan, begonalar ko‘zidan pana bo‘lsin deb, chetroqqa solingan uy, dahliz va yotoqxona.

Bu yerda Qodiriy farzandlari, rafiqasi Rahbarbibi, onasi Josiyatbibi yashagan. Yuqori qavatda yozuvchi ijodxonasi bo‘lgan. 1937-yilning 31-dekabrida adib NKVD tomonidan shu xonada qamoqqa olinadi va qaytib kelmaydi.

Xona dahlizi.

Xona dahlizi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Jihozlarning ayrimini Abdulla Qodiriy qalam haqlari evaziga sotib olgan.

Bu stulda Qodiriy bir qancha asarlarini yozgan.

Adibning onasi yashagan xona. Loysuvoqdagi somonga allergiyasi bo‘lgan Josiyatbibiga yozuvchi mosh somonidan loy qorib, shu xonani qurib bergan ekan.

Qodiriyning rafiqasi Rahbarbibiga sep qilib berilgan jihozlar.

Bir xonadan ikkinchisiga o‘tiladigan darcha eshik.

Devor ichidagi zanjir bir vaqtlar ayollar va bolalar yashaydigan hududni bildirgan. Begonalarga belgi vazifasini bajargan.

Uy-muzey rahbari, adib nabirasi Xondamir Qodiriy.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)