Markaziy bank 29-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,88 so‘mga ko‘tarilib, 10 675,61 so‘mni tashkil qildi. Yevro 7,66 so‘mga pastlab, 12 468,04 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 665,73 so‘mni tashkil qilgandi.