Daryo

Jizzaxdagi zapravkada “Jiguli” yonib ketdi

Jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish71 076 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzax viloyatining Zafarabod tumanida joylashgan zapravkada “Jiguli” yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot boshqarmaga 31-iyul kuni soat 13:10 da kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi aytilgan manzilga yetib borganida “Jiguli” rusumli yengil avtomobil yonayotgani aniqlangan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida stansiya faoliyati avariya holatida to‘xtatilib, fuqarolar va boshqa transport vositalari zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.

Jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Jizzaxda gaz zapravkada turgan Matiz va Nexia yonib ketgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar