Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Liverpul” 25-sentabr, shanba kuni “Brentford” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

“Brentford” maydonida o‘tgan o‘yinda jamoalar 3 tadan gol urib, jangovar hisobdagi durangga imzo chekdi. “Livepul”ning gollariga Diogu Jota, Muhamad Saloh va Kertis Jons mualliflik qildi. Mezbonlar safida esa Itan Pinnok, Vitali Yanelt va Yoan Vissa mualliflik qildi.

Shu tariqa dramatik tarzda o‘tgan o‘yinda Yurgen Klopp shogirdlari musobaqa debyutantini yenga olmadi.

“Liverpul” ushbu natijadan keyin 14 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Brentford” (9) esa 9-o‘rindan joy olgan.

APL

6-tur bahslari

25-sentabr, shanba

“Brentford” – “Liverpul” 3:3

Gollar: 1:0 – 27 Pinnok, 1:1 – 31 Diogu Jota, 1:2 – 54 Saloh, 2:2 – 63 Yanelt, 2:3 – 67 Jons, 3:3 – 82 Vissa.

“Brentford” – Rayya, Yansson, Ayer, Pinnok (Yorgensen, 43), Genri, Kanos, Nergor (Vissa, 78), Yanelt, Onyeka (Baptist, 68), Touni, Mbemo.

“Liverpul” – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson, Fabinyo, Jons (Firmino, 68), Saloh, Mane, Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Onyeka (44), Robertson (70).

“Lester” – “Byornli” 2:2

Gollar: 0:1 – 12, avtogol Vardi, 1:1 – 37 Vardi, 1:2 – 40 Korne, 2:2 – 85 Vardi.

“Lids” – “Vest Hem” 1:2

Gollar: 1:0 – 19 Rafinya, 1:1 – 67, avtogol Firpo, 1:2 – 90 Antonio.

“Everton” – “Norvich” 2:0

1:0 – 29, penalti Taunsend, 2:0 – 77 Dukure.

“Uotford” – “Nyukasl” 1:1

Gollar: 0:1 – 23 Longstaff, 1:1 – 72 Sarr.