Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi in vitro usulida yetishtirilgan 1 million dona uzum ko‘chatini sotib olish bo‘yicha tanlov o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2021-yil 2-apreldagi Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlarini bajarish maqsadida qabul qilingan 70-sonli buyrug‘i sotuv uchun asos sifatida ko‘rsatilgan. Moliyalashtirish manbasi — Spirtli ichimliklar va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligining homiylik mablag‘lari (2021-yilda ushbu agentlikning Taraqqiyot jamg‘armasiga davlat budjetidan 40 milliard so‘m tushgan). Tenderning chegaralangan qiymati 10 milliard so‘m etib belgilangan.

Tender komissiyasi raisi etib Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari Sh.Ahmedov ko‘rsatilgan. Xarid takliflari De Nova Agro, Hayot Technology va Grand Print Leader kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Biroq Grand Print Leader hujjatlarning to‘liq to‘plami yo‘qligi sababli tanlovning ikkinchi bosqichida qatnasha olmagan.

Komissiya tender g‘olibi sifatida De Nova Agro’ni tanladi. Kompaniya 9 milliard 950 million so‘m taklif qilgan, bu esa Hayot Technology taklif qilgan narxdan 40 million so‘mga kam.

Foto: “Gazeta.uz”

Markaz va De Nova Agro o‘rtasidagi ko‘chatlarni yetkazib berish shartnomasi.

Markaz va De Nova Agro o‘rtasidagi ko‘chatlarni yetkazib berish shartnomasi.
Foto: “Gazeta.uz”

30-avgust kuni Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi De Nova Agro bilan 9,95 milliard so‘mlik uzum ko‘chatlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Davletovuz Telegram kanali tenderda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi milliy markazning bosh direktori Alisher Melsovich To‘rayev bo‘lib, u ayni paytda qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimini egallab turibdi. “Stat.uz” saytida 20-sentabrgacha Anais Alisherovna To‘rayeva (ehtimol Alisher To‘rayevning qizi) De Nova Agro direktori etib ko‘rsatilib kelingan edi. Hozir kompaniya rahbarning ismi Strelkovskix Yekaterina Dmitriyevnaga o‘zgartirib qo‘yilgan.

Foto: “Gazeta.uz”

Kompaniya saytida aytilishicha, De Nova Agro 2006-yilda professor Alisher To‘rayev tomonidan tashkil etilgan.

“Gazeta.uz” De Nova Agro’ning yagona asoschisi (100 foiz ulush) Alisher To‘rayevning o‘g‘li Bekjon To‘rayev ekanini aniqladi.

Alisher To‘rayev (chapda), Bekjon To‘rayev (o‘ngda) va ehtimol, Anais To‘rayeva (o‘ngdan ikkinchi). “O‘zbekiston” telekanalining De Nova Agro kompaniyasi haqidagi reportajidan kadr, 2020-yil 13-dekabr.

Alisher To‘rayev (chapda), Bekjon To‘rayev (o‘ngda) va ehtimol, Anais To‘rayeva (o‘ngdan ikkinchi). “O‘zbekiston” telekanalining De Nova Agro kompaniyasi haqidagi reportajidan kadr, 2020-yil 13-dekabr.
Foto: “Gazeta.uz”

Bekjon To‘rayev, shuningdek, Anais To‘rayeva rahbari bo‘lgan Greencell (mehmonxonalar va shunga o‘xshash yashash joylari)ning yagona asoschisi sifatida ro‘yxatga olingan.

Alisher To‘rayevning o‘zi ilgari De Nova Agro va tugatilgan De Nova Seeds kompaniyasining direktori hamda asoschisi bo‘lgan. Hozir u O‘simliklar Texnologiyasi kompaniyasining 50 foiz aksiyalariga egalik qiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati nashrning iltimosiga binoan yaqin vaqt ichida vaziyatga izoh berishlarini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati