Daryo

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashdi

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy aloqalar sur’atini davom ettirish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi

1 daqiqa o‘qish60 120 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

ShHT kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16-sentabr kuni Dushanbega kelgan Shavkat Mirziyoyev tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni davlat rahbari lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, mas’uliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy aloqalar sur’atini davom ettirish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “yo‘l xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o‘rganiladi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, ShHT sammiti 17-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, anjuman doirasida “ShHT—KXSHT” formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar