Daryo

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Tojikiston bosh vaziri kutib oldi

Davlat rahbari Tojikiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish39 610 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbega jo‘nab ketgandi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Prezident shu kunning o‘zida Tojikiston va Eron prezidentlari hamda Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

ShHT sammiti 17-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bu tashkilotning asoschi davlatlaridan biri. 2001-yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, anjuman doirasida “ShHT — KXSHT” formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Yig‘ilish yakunida ShHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar