Daryo

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi

Sammitda tashkilotga a’zo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish50 728 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbega jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, sammitda tashkilotga a’zo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

Sammitning birinchi kuni, 16-sentabrda Shavkat Mirziyoyev tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan, 17-sentabr kuni esa Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilgan edi. Biroq u atrofidagi odamlarda koronavirus aniqlangani sababli o‘zini yakkalash rejimiga kirgani uchun sammitda videokonferensaloqa shaklida ishtirok etadi.

2020-yilda ShHT sammiti pandemiya sababli onlayn formatda o‘tkazilgan edi. Bu safar davlat rahbarlari bevosita uchrashadi. ShHTning ushbu sammiti tashkilot tuzilganining 20 yilligi nishonlanayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida ShHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyati hamda Tojikiston raisligining yakunlari ko‘rib chiqilib, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Qayd etilishicha, sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. ShHTga raislik O‘zbekistonga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.

Shuningdek, anjuman doirasida “ShHT — KXSHT” formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar