Daryo

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston—Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi

1 daqiqa o‘qish36 562 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ko‘p qirrali O‘zbekiston—Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonning ShHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar