• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Afg‘oniston o‘zbeklari tarixi. O‘zbeklarning Janubiy Turkistonga birinchi yirik migratsiyasi: Balx xonligi tashkil topishi va rivojlanishi

    Ko‘pchilik o‘zbeklar Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar fonida u yerdagi o‘zbeklarning yirik diasporasi haqida birinchi bor eshitdi. O‘zbekistondan so‘ng eng ko‘p o‘zbeklar yashovchi Afg‘onistonda bugungi kunda ularning soni 4 millionga yaqin deya taxmin qilinadi. “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov ushbu mintaqaga o‘zbeklarning yirik migratsiyasiga sabab bo‘lgan Balx xonligining tashkil topishi va rivojlanishi haqida so‘z yuritadi.

    XVI asrning birinchi choragida Balx viloyati

    XVI asr boshlarida Balx viloyati temuriylarning Xuroson davlati tarkibida edi. Viloyat voliysi bo‘lmish shahzoda Badiuzzamon Mirzo Shayboniyxon boshliq o‘zbeklar hujumiga qarshi mudofaani uyushtira olmay, shaharni beklariga qoldirib, o‘zi qochib ketadi. 1503-yil shaharni birinchi bor qamal qilgan Shayboniyxon uni egallab ololmaydi, faqatgina oradan uch yil o‘tib, Balx shayboniylar davlatiga qo‘shib olinadi. Shayboniyxon Balxni kichik o‘g‘li Xurramshoh sultonga (u Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegimning farzandi) beradi.

    Xurramshoh sulton 1511-yil, otasining Ismoil Safaviy bilan jangdagi halokatidan bir yil o‘tib vafot etadi va Balx safaviylar qo‘liga o‘tadi. Balxga noib etib turkman qabila sardorlaridan biri, Safaviy qo‘shinining tajribali sarkardasi Bayramxon Qaramanlu tayinlanadi. Biroq G‘ijduvon jangida Shoh Ismoilning qizilbosh qo‘shinlari shayboniy Ubaydullaxon tomonidan tor-mor etiladi va Bayramxon ham shu jangda halok bo‘ladi. Balx Badiuzzamon Mirzoning o‘g‘li Muhammad Zamon nazorati ostiga o‘tadi.

    Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy

    Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy
    Foto: “Daryo”

    1525-yilga qadar Balx temuriylar Muhammad Zamon va Bobur Mirzo o‘rtasida talash bo‘ladi. Nihoyat, 1525-yili Ubaydullaxon va Jonibek Sulton (Shayboniyxonning amakivachchasi) Balxga qo‘shin tortadi va shahar Buxoro xonligi tarkibiga qo‘shib olinadi.

    Balx xonliging tashkil topishi

    Garchi XVI asrga qadar ham hozirgi Afg‘oniston hududida turli turkiy qabilalar yashab, o‘z davlatlarini barpo etgan bo‘lsa-da, o‘zini “men o‘zbekman” deyuvchi Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbeklar ko‘pincha tarixini aynan Balx xonligiga bog‘laydi. Darhaqiqat, asosan, Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi o‘zbeklar bu mintaqaga Balx xonligi davrida yirik migratsiyani amalga oshirgan va hududdagi aholining katta qismini tashkil qila boshlagan.

    Balx xonligi haqida gapirar ekanmiz, bu xonlik tuzilishi va keyingi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, Afg‘oniston o‘zbeklari orasida mashhur, ammo O‘zbekiston o‘zbeklari uchun deyarli notanish bo‘lgan inson — Kistan Qaro Sultonni alohida qayd etish lozim. Kistan Qaro Sulton shayboniy Jonibek Sultonning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, 1526-yilda Balx xonligiga asos soladi. Balx xonligi Buxoro xonligining hududiy birligi sifatida tashkil topdi. Kistan Qaro Sulton shimoliy va markaziy Afg‘oniston uchun Bobur Mirzo bilan bir necha yil kurash olib boradi. Aqcha, Shibirg‘on, Maymana, Chechektu (Talukon), Hulm (Samangon) va Qunduz kabi shaharlarni Balx xonligiga qo‘shib oladi. Kistan Qaro Sulton davrida minglab o‘zbeklar Amudaryoning o‘ng sohilidan chap sohiliga ko‘chib o‘tadi.

    Balx xonligi

    Balx xonligi
    Foto: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    1536-yilda Badaxshon hokimi Sulaymonshoh katta qo‘shin bilan Balxga bostirib kirib, uni egallaydi, Kistan Qaro Sulton Buxoroga qochadi. Biroq oradan bir necha oy o‘tgach, Ubaydullaxon bilan birgalikda Sulaymonshoh mag‘lub etiladi va Balxdan haydab yuboriladi.

    Kistan Qaro Sulton 1544-yili vafot etgach, taxtga uning voyaga yetmagan o‘g‘li Qilich Qaro Sulton o‘tiradi. Ammo Kistan Qaro Sultonning o‘limidan xabar topgan Sulaymonshoh yana Balxga bostirib kiradi va Qilich Qaro Sulton Amudaryoning o‘ng sohiliga qochib o‘tadi.

    Pirmuhammadxon

    Balx xonligi haqiqiy mustaqillik va davlatchilikka shayboniy Pirmuhammadxon hukmronligi davrida erishdi. Pirmuhammadxon Kistan Qaro Sultonning akasi, Jonibek Sultonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Jiyanining Balxni boy berganini eshitgan Pirmuhammadxon 1546-yilning bahorida Balxga yurish qiladi va uni egallaydi.

    1550-yil Abdulazizxon vafotidan so‘ng bo‘shab qolgan Buxoro taxtiga o‘tirgan Pirmuhammadxon xonlikning eng nufuzli kishilardan biriga aylanadi. Biroq u Buxoroning diniy rahnamolari bilan keskinlikka boradi. Natijada Jo‘ybor shayxlari qo‘llovi bilan Abdullaxon II amalda Buxoro taxtini undan tortib oladi. Ammo Pirmuhammadxon baribir xonlikdagi muhim shaxslardan bo‘lib qoladi va Balxni mustaqil idora etadi.

    Pirmuhammadxon davrida tashqi siyosatda ham nisbatan muvaffaqiyatlarga erishiladi. Buxoro hukmdorlari bilan murosasiz raqib bo‘lgan safaviylar davlati Balx xoni bilan yaxshi aloqalar o‘rnatadi hamda bir necha bor elchilar almashiladi.

    Afg‘onistonning etnik xaritasi

    Afg‘onistonning etnik xaritasi
    Foto: Mepanews

    “Xoni Buxoroda, valiahdi Balxda o‘tirgan millatmiz”

    O‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temurdan so‘ng mintaqada eng yirik davlat tuzib, muvaffaqiyatli harbiy yurishlar uyushtirgan qudratli hukmdor Abdullaxon II nafaqat Balxni egallab, uni rivojlantiradi, balki uning ahamiyatini ham o‘zgartirib yuboradi. Aynan Abdullaxon II dan so‘ng Balx Buxoro taxti valiahdlari boshqaruvchi viloyatga aylandi. Abdullaxon II valiahd o‘g‘li Abdulmo‘minni Balx noibi etib tayinlaydi. Shundan keyin ko‘plab Buxoro taxti merosxo‘rlari Balx noibligiga tayinlana boshladi va Balx hukmdori nomiga “xon” titulini qo‘shish urf bo‘ldi. Bugungi kunda ham Afg‘onistondagi o‘zbeklar “xoni Buxoroda, valiahdi Balxda o‘tirgan millatmiz” deya faxrlanadi.

    Buxoro xonligi tepasiga Joniy (Ashtarxon)lar kelgach, Balx xonlikning ikkinchi siyosiy markaziga aylantiriladi. Shoh Abbosning Balxga hujumi joniylar tomonidan qaytariladi va shahar Buxoro tarkibida saqlab qolinadi. Ko‘pincha valiahdlar yoshligi uchun ularga tayinlangan otaliqlar hukumat ishlarini olib borardi, keyinroq otaliqlar hokimiyati kuchayib, Buxoro xonlari ular bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

    Balxning Ashtarxoniy hukmdorlari orasida Nodir Muhammad va Subhonqulixonni alohida ko‘rsatish mumkin. Valiahd shahzoda sifatida o‘ttiz yil Balxni boshqargan Nodir Muhammad Buxoroni uch yil ham boshqara olmaydi va yana Balxga qaytib keladi. Buxorodan umidini uzmagan Nodir Muhammad taxtni qayta egallash uchun boburiylardan yordam so‘raydi. Biroq Balxga kelgan boburiylar qo‘shini shaharni egallab oladi, Nodir Muhammad esa Eronga qochib ketadi. Boburiylarning Balxdagi hukmronligi ikki yil davom etadi. 1547-yilda Buxoro xoni Abdulazizxon Balxni qaytarib olish uchun ukasi Subhonqulixon boshchiligida katta qo‘shin yuboradi va Balx boburiylardan tortib olinadi. Subhonqulixon Balxga hukmdor etib tayinlanadi.

    Subhonqulixon bir necha harbiy yurishlar uyushtirib, Balx hududini kengaytiradi. Uning davrida Maymana, Ishkashim, Andhud, Haybak (Oybak), Sari-pul, Qunduz, Toshqo‘rg‘on, Shibirg‘on kabi shaharlar Balx hokimiyati ostida birlashadi. Aynan shu hududlar keyinchalik Janubiy Turkiston yoki Afg‘on Turkistoni va Qatag‘on o‘lkasi deb aytila boshlanadi.

    Afg’onistonning o‘zbeklar yashagan (yashovchi) Janubiy Turkiston va Qatag‘on o‘lkalari

    Afg’onistonning o‘zbeklar yashagan (yashovchi) Janubiy Turkiston va Qatag‘on o‘lkalari
    Foto: “Daryo”/ Muhammadqodir Sobirov

    Biroq 1702-yilda Subhonqulixon vafot etgach, uning nevarasi Muhammad Muqimxon o‘zini Buxoro oliy hokimiyatidan mustaqil deb e’lon qiladi va o‘ziga xon rutbasini oladi. Buxoro Ashtarxoniy hukmdorlari na Muhammad Muqimxon davrida, na undan keyin Balxni Buxoroga bo‘ysundira oladi. Ashtarxoniy Ubaydullaxon II Balxni Buxoroga qaytarish uchun bir necha bor harakat qiladi, ammo shimoliy Afg‘onistonda nihoyatda katta mavqe va kuchga ega bo‘lgan qatag‘on urug‘i lideri Mahmud Qatag‘on unga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Bugungi kunda ham Afg‘onistonning shimoli-sharqiy mintaqasi o‘zbeklarning qatag‘on urug‘i nomi bilan Qatag‘on o‘lkasi deb ataladi.

    Shu tariqa Balx xonligi Buxoro mulkidan abadiy ajralib ketadi. Endilikda Balx va boshqa janubiy Turkistondagi o‘zbek xonliklarini Eron shohi Nodirshoh va pushtunlarning Afg‘oniston amirligi bilan jiddiy kurash kutib turgandi. Bu haqida esa kelasi maqolalarda so‘z yuritamiz.

    15.09.2021, 17:19   Izoh (0)   68549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH BMT vakiliga G‘azoga hujumni qoralagani va XJSni qo‘llagani uchun sanksiya kiritdi

    Dunyo | 10 iyul, 11:10

    Issiq kunlarda nima ichish va ichmaslik kerak?

    Maslahatlar | 10 iyul, 10:55

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:45

    Insonning o‘ziga yoqmaydigan ishda ishlashi ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:35

    “Real” Klublar o‘rtasidagi JCHda qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 10 iyul, 10:30

    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

    Reklama | 10 iyul, 10:30

    Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol yana hibsga olindi

    Dunyo | 10 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.