• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bizni ayol kishi boshqaradimi?” 45 yil taxtdan tushmagan, ota mehridan mosuvo bo‘lib ulg‘aygan, xalq mehrini qozongan qirolicha — Yelizaveta I kechmishi

    Qudrat bobida zamonasining qirollaridan qolishmagan, Angliyaning jahon siyosatida maqomini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan, hukmronlik yillari asarlari asrlarga tatigan Uilyam Shekspir, Kristofer Marlou, Ben Jonsondek ijodkorlarga homiylik qilgan, boshqaruvidagi davr “Oltin asr” deya e’tirof etilgan qirolicha Yelizaveta 1533-yil 7-sentabr kuni dunyoga kelgan. Umri oxirigacha toq yashab o‘tgan Tyudorlar sulolasining so‘nggi vakili mamlakatida mutlaq hokimiyatni mustahkamlab, xalqining farovon hayot kechirishi, o‘lkaning gullab-yashnashiga amalda hissa qo‘shgan siyosatdondir.

    Foto: “Britannica.com”

    Yagona aybi — qiz bo‘lib tug‘ilgani

    Hukmronligi yillari nozikta’b inglizlarning qalbidan joy ololgan-u, ammo ota mehri nimaligini bilmay ulg‘aygan Yelizaveta qiz bo‘lib tug‘ilganidan aybdordek, qisinib-qimtinib voyaga yetadi. Katolik cherkovi bilan orani ochiq qiliboq, qirol Genrix VIII birinchi rafiqasi Yekaterina Aragonskiy bilan ajrashgach, naslini davom ettiruvchi valiahd dunyoga kelsin deb Anna Boleynga uylanadi.

    Intiq kutilgan kunlar kelib, Annaning ko‘zi yoriydi. Ammo tug‘ilgan farzand hech kimni quvontirmaydi, saroy ahlining nafasi ichiga tushib ketadi. Bir vaqtlar katolik cherkoviga qarshi borib, e’tiqodlarni nishonga olgan qirol o‘g‘il tug‘maydigan rafiqadan tezroq voz kechishga, qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin, Annadan qutulishga shoshadi. Tez orada xiyonatda ayblangan Boleyn qatl etilgach, hukmdorning halovati qaytadi. Onasi o‘ldirilganda Yelizaveta hali 3 yoshga to‘lmagandi.

    Volidasining “qilmishi” sabab jazolanishi kerak deb hisoblangan qizaloqdan malika maqomi olib qo‘yiladi. Go‘yo bariga go‘dak aybdordek qirollik oilasidan uzoqroqqa badarg‘a qilinadi. Taqdirni qarangki, ko‘zdan nari – ko‘ngildan nari bo‘lgan farzand kun kelib taxtni egallashi mumkinligi o‘shanda Genrixning xayoliga ham kelmagandi.

    Yelizaveta onasi bilan bog‘liq voqea mohiyatini tushunib yetishga juda yoshlik qilar, haqiqatni aniqlashtirishga esa na imkoni, na ko‘makdoshi bor edi. Ulg‘aygani sari taqdir hazilidek onasining fojiasiga o‘xshash yozuqlarga qayta-qayta yuzlashaveradi.

    Genrixning beshinchi rafiqasi Yekaterina Govard qizaloq bilan iliq munosabatda bo‘lib, ona mehriga tashna Yelizaveta ham unga bog‘lanib qoladi. Ammo 1542-yili bu qirolicha ham Boleyndek xiyonatda ayblanib, boshi tanasidan judo qilinadi. Mash’um voqea 9 yashar Yelizavetaning ko‘ngliga bitmas jarohat soladi, tasavvurlarini chil-chil sindiradi. Tyudorlar sulolasi tarixini o‘rgangan ayrim tadqiqotchilar aynan shu hodisadan so‘ng bo‘lajak qirolichaning ko‘ngli erkak zotidan sovigani va bu keyinchalik uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq qarorlariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

    Men Ispaniya, Fransiya va Shotlandiya qirollaridan emas, lotin tilida gaplashayotganda xato qilishdan qo‘rqaman.
    “Xiyonatkorning qizi” tamg‘asi uning durust ta’lim olishiga hecham to‘sqinlik qilmagan. Aksincha, 10 yoshga to‘lar-to‘lmas yunon, fransuz va italyanchada bemalol gaplashib, lotin tilida matn yozish, o‘qishni do‘ndiradi. Keyinchalik ispan va nemis tillarida biyron so‘zlashishni o‘rganadi. Bir necha tilda muloqot qila olishi xorijlik elchi va amaldorlar bilan tarjimonsiz fikr almashish imkonini beradi.

    Foto: Mental Floss

    Qizaloqning ta’limi bilan Kembrijning eng yaxshi ustozlari shug‘ullanadi. Yosh, erkin fikrlovchi, reformatsiya tarafdorlari bo‘lgan olimlardan ilm olgani dunyoqarashini kengaytirishdan tashqari, o‘z prinsiplariga ega shaxs bo‘lib shakllanishiga hissa qo‘shadi. Yozuvchi va gumanist Rojer Ashemdan tarix, falsafa, antik adabiyotni chuqur o‘rganadi. Murabbiylari va hayotdan olgan saboqlari sabab qat’iyatli, aytar so‘zidan qaytmaydigan va dadil ayol bo‘lib voyaga yetadi. Vaqti kelib qat’iyat mustabid hokimiyatga intilishga olib keladi, ammo bu intilish fikrlar tiniqligiga to‘siq bo‘lolmaydi.

    Qismatdan qochish – nodonning ishi

    Oradan bir muddat vaqt o‘tib qirol Genrix VIII yana uylanadi va uzoq kutilgan taxt vorisi shahzoda Eduard dunyoga keladi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Yelizaveta 13 yoshga to‘lgan pallada otasi vafot etadi. Genrixning uchinchi rafiqasi Jeyn Seymur bilan turmushidan dunyoga kelgan 10 yashar Eduard VI tog‘asi Eduard Seymur vasiyligida taxtga o‘tiradi. Erkatoy valiahd hukmronligi esa uzoqqa bormaydi. 1553-yil 6-iyul kuni Eduard pnevmoniyadan vafot etgach, taxt Yelizavetaning 37 yashar opasi Mariya I ga nasib etadi.

    Qirolicha hukmronlikni qo‘lga oliboq, yeng shimarib Angliyaga katolik cherkovini qaytarishga kirishadi. Yelizavetani o‘ziga raqib sanagan Mariya uni London qal’asiga qamashga farmon beradi. Ispaniya qiroli Filippga turmushga chiqayotganida to‘y bahona singlisini bandilikdan ozod qiladi-yu, saroydan uzoqroq yurishini tayinlaydi. Mariya tabiatan kasalmand, zaif bo‘lgani uchun ahvoli tez-tez yomonlashar, taxt vorisi yo‘qligi esa dard ustiga chipqon bo‘lib ahli saroyni qiynardi. Qirolicha huzuridagi kengash oxiri undan Yelizavetaga maqomini qaytarishni talab qiladi. Katolik tarafdori bo‘lgan Mariya protestant singlisining o‘zidan keyin davlatni boshqarishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi turar, kengash ham hukmini o‘tkazish payida yurardi. Ammo mamlakatda avj olayotgan, chekka hududlarda sekin-asta alangalanayotgan fuqarolar urushi sabab tartibsizlik boshlanishini sezgan qirolicha turmush o‘rtog‘i Filippning bosimi ostida kengash talabini qondirishga majbur bo‘ladi. Mariya esa 1558-yili vafot etadi.

    Foto: Mental Floss

    “Bizni ayol kishi boshqaradimi?”

    Toj kiydirish marosimidan keyin bir-birining qulog‘iga shunday deb pichirlagan olomon Yelizaveta hukmronligidagi 45 yil Angliya tarixidagi eng shonli davr bo‘lishini xayoliga ham keltirmagandi.

    Oila a’zolarining yanglish qarorlari badalini qiyinchiliklarga boy bolalik yillari bilan to‘lagan, bir vaqtlar go‘yo qirollik oilasiga o‘gaydek hayot kechirgan Yelizaveta 25 yoshida taxtni egallaydi. Tengdoshlariga nisbatan ancha yosh ko‘ringan qirolichaga zamondoshlari: “Xushbichimligi, tiniq va yarqiragan terisi, hilpiragan malla sochlari bilan u 16 yashar bo‘y qizlardek edi”, — deb ta’rif bergan.

    1559-yili Yelizaveta hukmronligi davridagi ilk Parlament faoliyatini boshlaydi. Qirolicha boshiga toj kiyadi-yu, bir dunyo tashvishlarni ham orttirib oladi. Mamlakat ikki murosasiz qutb — katolik va protestantlarga ajralgan edi. Zakovati, qat’iyati va uzoqni ko‘ra olish qobiliyatiga suyanib, qirolicha muammoni oqilona hal etish yo‘lini topadi. Parlament tomonidan “Ustuvorlik harakatlari” (Acts of Supremacy) qabul qilingan bo‘lib, unda qirolicha o‘tmishdoshlari Genrix va Eduard boshlagan reformatsiya izidan borishi, ammo katoliklarga Angliyada ibodat qilish taqiqlamasligi belgilangan edi. Diniy erkinlik haqidagi ushbu hujjat bo‘lajak fuqarolar urushiga suv sepadi.

    Taxtga o‘tirdingmi, yolg‘iz bo‘l!

    Hukmronligining ikkinchi oyiga kelib Parlament a’zolari taxtga voris kerakligini vaj qilib qirolichani oila qurishga, munosib inson bilan rishta bog‘lashga chaqirishadi. Kuyovlikka nomzodlar orasida marhum opasi Mariyaning umr yo‘ldoshi Filipp II, so‘ng ersgersoglar Frederik va Karl Gabsburg, Shvetsiya valiahdi Erik bor edi. Sal o‘tib, Fransiya shahzodasi Fransua va rus podshohi Ivan Grozniy ham qirolicha bilan umr yo‘lini bog‘lashga urinadi. Nufuzli, zodagon qalliqlar qatori qirolicha bilan turfa qiyinchiliklarni yenggan, ming chig‘iriqdan eson-omon o‘tishida tirgak bo‘lgan graf-lester Robert Datli ham o‘rtaga chiqadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Oltin asr” filmidan olingan kadr

    Obro‘li, badavlat valiahd-u gersoglardan ko‘ra yillar sinovidan o‘tgan do‘st afzal topilib, bir umrlik hammaslak, sirdoshga aylanadi. Ammo rishtalar nikoh bilan mustahkamlanmaydi. Yelizaveta Robertni behad qadrlar, hukmronlikka bo‘lgan muhabbat va ishtiyoq esa shaxsiy munosabatlardan ustun keladi. Bir necha o‘n yil xufya davom etgan munosabatlar 1588-yili Robert vafot etganidan so‘ng nihoyasiga yetadi.

    Kuch va aql birlashsa, dunyo muvozanatda turadi.
    Taxtga o‘tirgan soatlaridan boshlaboq Yelizaveta siyosatdonligi, diplomatik aloqalarni o‘rnatishda mohirligi bilan o‘tmishdagi qirol va qirolichalardan farq qilgan. Saroy shoiri Jon Xarintonning yozishicha, qirolicha bir qo‘lida maktub yozishi, yonidagi kotibga so‘zlab turishi va atrofidagilar bilan suhbatni davom ettirishi mumkin bo‘lgan.

    Foto: “Britannica.com”

    Hokimiyatining dastlabki yillari otasining avtoritar va opasining muvaffaqiyatsiz boshqaruvi tajribasidan dars olgan Yelizaveta jonini jabborga berib aholining barcha qatlamiga e’tibor berishga, rejimining ijtimoiy asosini kengaytirishga urinadi. Atrofida tajribali va sodiq vazirlarni yig‘ish, davlat ahamiyatiga molik ishlarda Parlament bilan hisoblashish, ayirmachilikka moyillik kuzatilganda nazoratni kuchaytirish, qolaversa, aholining quyi qatlamini nazardan qochirmay, xalqni ortiqcha soliqlar bilan qiynamaslikni kifoya deb biladi. Mamlakatda siyosiy va ijtimoiy barqarorlik kuzatiladi. Madaniy sohada ko‘plab yutuqlarga erishiladi. Katolik va protestantlar o‘rtasidagi nizoga nuqta qo‘yib, har ikki tomonning hurmati, yangi burjuaziyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishadi. Diplomatik munosabatlarni o‘ta ustalik bilan tiklagan qirolicha qo‘shni davlatlar bilan birdek yaxshi aloqada bo‘lgan.

    Foto: “Britannica.com”

    O‘z vaqtida shafqatli, ammo kezi kelsa, keskin qarori bilan “Yengilmas Armada”ni tor-mor etib, Ispaniyadan “asosiy dengiz derjavasi” maqomini tortib olgan hukmdor Londonni Yevropaning eng yirik savdo markazlaridan biriga aylantira olgan. Qator yirik yutuqlarni hisobga olib, tarixchilar o‘sha davrni (1558–1603-yillar) “Oltin asr” deb atashgan. Keskin qarorlaridan lol qolgan zamondoshlari orasida uni kengash va vazirlar bilan hisoblashmaslik, o‘zboshimchalikda ayblaganlar ham bo‘lgan. Yelizaveta Tyudorning ingliz absolyutizmi (mutlaq monarxiya hukmronligi)ga asoslangan siyosati cherkov bilan bog‘liq masalalar, xalqaro munosabatlar, shuningdek, dvoryanlarning turli fraksiyalari va hatto Parlament qarorlarida ham aksini topgan.

    Foto: Wikipedia

    Valiahd yo‘q, voris kim?

    Angliya qiroli Genrix VII Tyudorning evarasi, Shotlandiya qirolichasi Mariya Styuart Angliya taxtiga da’vogarlar qatorida yetakchi bo‘lgan. Avvalroq Fransiya taxtiga ko‘z tikkan Mariya fuqarolar urushidagi mag‘lubiyatdan keyin Angliyaga panoh istab qochib kelgani qo‘l keladi. Mazmunidan taxtga o‘tirishni istayotgani ma’lum bo‘lgan maktub Yelizavetaning qo‘liga tushib qolgach, sud Mariyani davlatga xiyonatda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qiladi va 1587-yili Foteringey qasrida qatl etiladi. Yoshi o‘tib qolganiga qaramay, qirolicha raqs, ot minish bilan muntazam shug‘ullangan, maxsus parhezga amal qilgan va tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishni unutmagan. Boshiga mallarang ulama soch taqib, yuziga dog‘ tushirgan chechak izini qalin upa surtib, yashirib yurishga majbur bo‘lgan. Keksaygani sayin u ruhiy tushkunlikdan qiynalib, serg‘ayrat qirolichadan g‘amgin ayolga aylanib qoladi. Ayrim manbalarda uning bunday o‘zgarishiga salomatligidagi muammolar sabab bo‘lgani aytilsa, boshqalarida yolg‘izlik uni yeb bitirgan, deyiladi.

    Foto: Tumblr

    “Tinchgina o‘lishimga izn bering. Inglizlar allaqachon mendan, men esa ulardan charchaganman” — deya keksa qirolicha 69 yoshida Richmondda jonini egasiga topshiradi. O‘limidan oldin esa qatl etilgan Mariya Styuartning 36 yashar o‘g‘li, Shotlandiya monarxi Yakovni taxt vorisi deb e’lon qiladi. Xalqning Yelizavetaga bo‘lgan muhabbatini u taxtga o‘tirgan kundan XVIII asrgacha Angliyada milliy bayram sifatida nishonlanganidan bilish mumkin. O‘z vaqtida qirolicha bo‘lishni xayoliga keltirmagan, ammo taqdir taqozosi bilan hukmronlikka ega chiqqan, boshqaruvni birov bilan bo‘lishishni istamay, toq o‘tishni afzal bilgan qirolicha nafaqat Buyuk Britaniya, balki jahon tarixida ham eng mashhur siyosatchilardan biri bo‘lib qoldi.

    Mavzuga doir: Vatani mustaqilligi yo‘lida kurashib o‘tda yoqilgan qiz. Jasorati tillarda doston bo‘lgan Janna d’Ark

    09.09.2021, 07:59   Izoh (0)   61713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.