2021-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonga 268 ta elektromobil import qilingandi. Shundan kelib chiqib, iyul oyining o‘zida import qilingan elektromobillar soni 164 tani tashkil etmoqda.
Mazkur davrda O‘zbekiston, asosan, quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:- Xitoy — 388 ta;
- Turkiya — 24 ta;
- Janubiy Koreya — 5 ta;
- AQSh — 6 ta;
- Germaniya — 4 ta;
- Litva — 1 ta;
- Ispaniya — 1 ta;
- Rossiya — 1 ta;
- Gonkong — 1 ta;
- BAA — 1 ta.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Asakadagi avtomobil zavodi hech qachon O‘zbekiston xalqiga foyda keltirmaganini aytdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yetti oy ichida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan, mamlakatda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti 123 mln dollarga oshgan.







